Iqlim isişi sabab harorat keskin kötarilyapti. BMT 2023 yilning iyul tarixdagi eng issiq oy bölganligini qayd etdi.

Xitoyda ham harorat oşib boryapti. Masalan, iyul oyi örtalarida mamlakatning şimoli-ğarbiy hududida joylaşgan Sanbao qişloğida 52 daraja issiq bölgan. Ötgan yili ham mamlakatda kuçli issiq sabab qurğoqçilik hodisasi kuzatilgandi.

Haroratning oşişi xitoyliklarning kiyiniş madaniyati va sotib olayotgan narsalariga ham ta’sir qilyapti. Mamlakatda hozir yuzni butunlay qoplab oladigan «feyskini» deb ataluvçi niqob ommalaşyapti. 

Foto: Reuters

Feyskini – çömiliş va suziş paytida ham taqib yuriş mumkin bölgan yengil va yorqin matolardan tikilgan niqob bölib, köz, burun va oğiz oçiq bölib, harakatlanişga xalaqit bermaydi. Bu niqob bilan ultrabinafşa nurlarning ta’siridan saqlaniş maqsad qilingan.

Feyskini Xitoy uçun yangilik emas, özining plyajlari bilan maşhur Qingdao şahrida oldindan bu niqoblardan foydalanib kelingan. Lekin odatiy aksessuar sifatida feyskinilar heç qaçon bunday ommalaşmagan. 

Feyskinining yaxşi sotilayotganiga yana bir sabab uning köz burçaklarini ham himoya qila olişidir. Sababi yuzning bu qismida sepkil paydo bölişi ança oson. 

Oq teri Xitoy va Osiyoning katta qismi uçun gözallikning ideal belgisi hisoblanadi. Bu rangdagi teri tarixan ham boylik va yuqori tabaqa ramzi bölib kelgan. Şu sabab kun davomida quyoşdan saqlaniş şaraf hisoblangan. Bunday qaraş kino, musiqa industriyasi va million dollarlik terini oqartiruvçi kosmetika sanoati bilan yanayam mustahkamlangan.