Avstriya sobiq kansleri Sebastyan Kurs yolğon guvohlik berganlikda ayblanmoqda. 36 yoşli sobiq siyosatçi Avstriyaning ÖBAG davlat holdingi rahbarini tayinlaş jarayoni bilan boğliq yolğon ma’lumotlarni taqdim etgan bölişi mumkin, deb xabar qildi 18 avgust, juma kuni Venada iqtisodiyot va korrupsiya böyiça prokuratura (WKStA). 

Tergov ma’lumotlariga köra, Kurs 2020 yilda parlament qömitasi tomonidan söroq paytida özining işonçli odami Tomas Şmidni ÖBAG rahbari etib tayinlaşdagi roli haqidagi savolga javob berib, yolğon gapirgan. Avstriya kansleri özining bu jarayonga aralaşuvi ehtimolini rad etgan, biroq unga qarşi tergov gumonlari 2021 yil bahorida Kurs va Şmid örtasidagi elektron yozişmalarda tasdiqlandi. 

Kurs aybini rad etyapti 

Kursning özi aybini rad etyapti. 18 avgust kuni X mikrobloglar tarmoğida (sobiq Twitter) u öziga qöyilgan ayblovlar yolğon ekanini yozdi va ular sudda rad etilişiga umid bildirdi. Avstriya kansleri Karl Nexammer prokuraturaning ayblov e’lon qiliş qarorini olqişladi. Bu haqiqatni aniqlaş imkonini berdi, dedi u Zalsburgda Germaniya kansleri Olaf Şols bilan uçraşuvida. 

Sud jarayoni 18 oktabr kuni Vena jinoiy sudida boşlanadi. Agar Kurs aybdor deb topilsa, unga uç yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin. Bu Avstriya sobiq kansleriga qöyilgan birinçi aybdir. Hozirda Kursga nisbatan boşqa bir qator tergov harakatlari olib borilmoqda. Xususan, Kurs va uning atrofidagilar 2016 yildan 2018 yilgaça özi va partiyasi haqida ijobiy maqolalar çop etiş, şuningdek, mansab vakolatlarini suiiste’mol qiliş maqsadida Avstriyaning Österreich gazetasiga pora berganlikda gumon qilinmoqda. 

Avstriyaning eng yoş kansleri 

Sebastyan Kurs ilk bor 2017 yil dekabrida 31 yoşida Avstriya kansleri etib saylangan va Avstriya vazirlar mahkamasining eng yoş rahbari bölgan edi. 2019 yil may oyida «Ibitsageyt» mojarosi fonida uning hukumatiga nisbatan işonçsizlik votumi qabul qilindi. Öşanda Kurs kansler lavozimidan iste’foga çiqdi, lekin uni yana muddatidan oldin parlament saylovlari asosida egalladi. 2021 yil oktyabr oyida korrupsiyaga oid turli ayblovlar natijasida u yana iste’foga çiqişga majbur böldi va öşa yilning dekabrida Kurs siyosatdan butunlay ketişini e’lon qildi. 

Siyosatdagi ön yillik faoliyati davomida u ham boşqalar qatori xatoga yöl qöyganini tan olib, Kurs hamişa qölidan kelganini qilişga harakatda bölganini aytdi. Biroq, oxirgi paytlarda, deb tan oldi sobiq kansler, uning siyosatga bölgan iştiyoqi pasaydi - bu asosan unga qarşi qöyilgan ayblovlar va sud jarayonlari bilan boğliq. Kurs öziga qöyilgan ayblovlarni rad etişga va’da berdi.