Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnikumlarda davlat granti asosida qabul qilinadigan kasb va mutaxassisliklar belgilandi
Asosiy yo‘nalishlar qishloq xo‘jaligi, baliq xo‘jaligi, veterinariya va xizmat sohasiga taalluqli.
Texnikumlarda qabul kvotasining 100 foizi davlat granti asosida belgilangan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati tasdiqlandi.
Undan 24 ta kasb va mutaxassislik joy olgan. Asosiy yo‘nalishlar qishloq xo‘jaligi, baliq xo‘jaligi, veterinariya va xizmat sohasiga taalluqli.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 10 avgust kuni professional ta’lim muassasalariga (kollej va texnikumlar) abituriyentlarni my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatga olish 10 sentabrga qadar davom etadi va abituriyentlar shungacha o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq 2023-2024 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 109546 ta qabul kvotasi tasdiqlangandi.
Shundan: 123 ta kollej uchun — 41 330 ta; 216 ta texnikum uchun — 68 216 ta.
Mavzuga oid
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
11:44 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
18:59 / 06.03.2026