O‘zbekiston | 16:52 / 21.08.2023
19494
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tilyapiya balig‘idan chavoq olish texnologiyasi yaratildi

Foto: Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan dunyo akvakulturasida istiqbolli tur hisoblangan tilyapiya balig‘idan mahalliy sharoitda chavoq yetishtirishning tayanch texnologiyasi ishlab chiqildi va amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumki, tropik tur sanalgan tilyapiya baliqlari dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladi. Xususan, Afrika, Yaqin Sharq, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining baliqchilik tarmog‘ida asosiy tur hisoblanadi. Germaniya, Fransiya, Belgiya, Chexiya va Bolgariyada ham sanoat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur baliqlarni jadal yetishtirish bo‘yicha Xitoy va Misr davlatlari yetakchilik qiladi. Dunyo akvakulturasida yetishtirilgan jami baliq mahsulotlarining 6 mln tonnasi yoki 10 foizini aynan tilyapiya baliqlari tashkil etadi.

Hozirgi kunda institut olimlari tomonidan mazkur baliq turini qishlovdan chiqarish, ona baliqlar to‘dasini shakllantirish va intensiv usulda yetishtirishning ilmiy asoslari yakuniga yetkazildi.

 Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmati

Reklama huquqi asosida