Toshkent ko‘chalarida tajriba – daraxtlar haroratga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Toshkent shahridagi Parkent va Mahtumquli ko‘chalarida daraxt bor va yo‘q joylardagi harorat 7 darajagacha farq qilgan. Shaharsoz Iskandar Soliyev bu tajribani daraja o‘lchaydigan asbobni 1 metr balandlikka qo‘ygan holda 2 ko‘chaning quyoshli va soyali asfalt hamda trotuar qismlarini o‘lchash orqali amalga oshirgan.
Toshkent shahridagi Parkent va Mahtumquli ko‘chalarining bir xil nuqtalaridagi daraxtli va daraxsiz joylar harorati o‘lchab chiqildi. Bu tajribani shaharsoz Iskandar Soliyev sinab ko‘rgan. Soliyev daraxti bor va yo‘q joylar haroratini daraja o‘lchaydigan asbobni 1metr balandlikka qo‘ygan holda tekshirib ko‘rgan. Bunda havo harorati 37 darajani ko‘rsatgan kunda ko‘chalarning quyosh tushadigan va daraxt soya qilib turadigan asfalt hamda trotuar qismlaridagi harorat o‘chlangan.
Natijalarga ko‘ra, Mahtumquli ko‘chasidagi daraxti bor trotuarda havo salqin bo‘lib, harorat 33,4 darajani ko‘rsatgan. Bu – daraxt bor joy kunlik o‘rtacha haroratdan 4 daraja salqin ekanini anglatadi. Xuddi shunday Parkent ko‘chasidagi trotuarda salqin joyda esa harorat 38,5 darajani ko‘rsatgan.
“Balkim bu vaqtda sug‘orish uskunalari ishlagani sabab harorat pastdir, lekin daraxt borligi uchun ham bu yerda ko‘chadagi haroratdan pastroq”, – deb izohlagan shaharsozning o‘zi.
Mahtumquli ko‘chasidagi quyoshli trotuarning beton qoplamali qismida harorat 39,4 darajani, ya’ni kunlik haroratdan 2 daraja issiqni ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich Parkent ko‘chasida 40,9 darajaga chiqqan.
Shuningdek, Mahtumquli ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining asfalt qoplama soya joyida 37,4 daraja, quyoshli joyida esa 41,9 darajani ko‘rsatgan bo‘lsa, Parkent ko‘chasida quyoshli asfalt qoplama 42,2 darajani ko‘rsatgan.
“Parkent ko‘chasida daraxtlarning deyarli yo‘qligini hisobga olsak, bu yerda soyali joyning o‘zi yo‘q, agar faqat binolarning soyasini aytmaganda. Shuning hisobida avtomobil yo‘lining asfalt qismida havo harorati kunlik haroratdan 5 darajadan ko‘proq issiq”, – deb yozadi Soliyev.
Shaharsoz tajribadan daraxt bor ko‘chalar kunlik haroratdan bir necha gradusga salqinroq bo‘lishi, ayniqsa soya beradigan daraxtlari bor ko‘chalar anchayin salqin, soya bermaydigan archa va shunga o‘xshash daraxtlar O‘zbekiston iqlimiga mos kelishi ham so‘roq ostida degan xulosaga kelgan. Shuningdek, u ko‘chalarning keng bo‘lishi ham O‘zbekistonga unchalik to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaydi.
Soliyev haroratdan tashqari, havo namligi, havo tarkibidagi zaharli gazlar, shovqin va yana boshqa narsalarni o‘lchaganda, ko‘chalar haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarni solishtirib ko‘rish imkoni bo‘lishi va bu yo‘nalishda ham tajriba qilish niyati boriligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 13:53
-
«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi
Jahon | 13:35
-
Eutelsat: Germaniya Kiyev uchun sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini to‘lab beryapti
Jahon | 13:32
-
Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgani aytildi
Jamiyat | 13:29
Mavzuga oid

12:01 / 24.03.2025
Haroratning keskin o‘zgarishi bo‘g‘imlarga qanday ta’sir qilishi aytildi

09:43 / 21.02.2025
2 tup daraxt kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

10:05 / 19.02.2025