24 avgust kunidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlari natijasidan norozi bölgan abituriyentlardan tuşgan apellyatsiya arizalarini körib çiqiş boşlandi.
Apellyatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning şaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31 avgustga qadar (10 kun) davom etadi.
Abituriyent apellyatsiya şikoyati berişi uçun test sinovida iştirok etgan va test sinovidan çetlatilmagan bölişi lozim.
Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni körib çiqiş sanasi va vaqti körsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda şaxsini tasdiqlovçi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholaş agentligiga borişi kerak.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholaş agentligining hududiy bölimlari mavjud bölib, hududiy bölimlar tomonidan ham abituriyentlarga töliq ma’lumotlar beriladi.
Bilimni baholaş agentligining hududiy bölimlari uşbu manzillarda joylaşgan. Maslahat markazlarining iş vaqti: duşanba-juma kunlari 9:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tuşlik vaqti).













