O‘zbekiston | 11:49 / 25.08.2023
7641
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (International agricul ture university – IAU)

Foto: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-237-sonli farmoni bilan 2022 yilda Qirol Charlz III homiyligida faoliyat yuritayotgan Britaniyaning taniqli ta’lim muassasasi Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti bitiruvchilari Toshkentda nafaqat ilg‘or bilim va ko‘nikmalarga, balki Britaniyaning nufuzli universiteti diplomiga ham ega bo‘ladi.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti agrologistika, agroiqtisodiyot, oziq-ovqat xavfsizligi va aqlli-barqaror qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ta’lim dasturlarini taqdim etadi.

Darslar ingliz tilida olib boriladi va professorlarning aksariyati xorijlik mutaxassislardir. Bugungi kunda universitetda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Polsha, Meksika, Hindiston kabi davlatlardan o‘n nafar xorijlik professorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalar o‘qish davomida egallagan bilimlarini xorijiy ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.

Universitet rektori, Dr. Munira Aminova shunday dedi: «Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligida salohiyatni oshirish, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida milliy va mintaqaviy yetakchiga aylanishni maqsad qilgan. Biz O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilishdan mamnunmiz». Dr. Aminova tajribali olima, avval Bryusseldagi yetakchi universitetlardan birida o‘z faoliyatini olib borgan va ayni paytda Yevropa Ittifoqi va Jahon banki dasturlarida ishtirok etadi.

Universitet bitiruvchilari, agro oziq-ovqat sanoati menejyeri, logistika operatori, eksport va import bo‘yicha mutaxassis, agro oziq-ovqat muhandisi kabi XXI asrda talab yuqori bo‘lgan kasblardan birini tanlab, nufuzli Britaniya diplomi bilan o‘z faoliyatlarini olib borishi mumkin.

2022-2023 o‘quv yilida universitet Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan grant o‘rinlariga hujjat topshirish uchun noyob imkoniyatni taqdim etdi. Universitetga 800 dan ortiq arizalar kelib tushdi, ulardan 168 nafari birinchi kurs talabalari sifatida tanlandi. IAU 2023-2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarga 200 dan ortiq grantlar taklif qiladi.

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va qabul jarayoni haqida to‘liq ma’lumotni http://www.iau.uz sayti yoki universitet bilan +998 99 981 09 19 telefon raqami orqali bog‘lanib bilib olishingiz mumkin.

Reklama