Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasi mustaqilligining öttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erişgan sportçi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlaş töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Unga köra, qator boksçilar, dzyudoçilar va futbolçilar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. 

Xususan, Özbekiston yoşlar va milliy jamoalari a’zolari Umarali Rahmonaliyev, Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovga «Kelajak bunyodkori» medali berilgan.

Farmon matniga köra, mamlakatda sportni rivojlantiriş va keng ommalaştiriş, yurtimizning xalqaro maydondagi şon-şuhratini yuksaltirişga qöşgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan şaroitlardan samarali foydalangan holda, özining azmu şijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erişib, Vatanimiz şarafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, yoşlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbaşariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalaş borasidagi alohida xizmatlari uçun quyidagilar mukofotlangan: 

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

  • Maxsitov Baxodir - Özbekiston sport taşkilotlari faxriylari kengaşi raisi

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

  • Ğafurov Davron Dilmuradoviç - Özbekiston boks federatsiyasi murabbiysi
  • Xudayberganov Jamşid Ismailoviç - Urganç olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazining dzyudo böyiça murabbiysi, Xorazm viloyati
  • Yaraşov Yergali Abubakiroviç - Qibray tumani sport maktabining boks böyiça murabbiysi, Toşkent viloyati

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni bilan

  • Abdullayev Ruslan Anvar öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Dösmatov Xasanboy Marfjon öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Jalolov Bahodir Isomiddin öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Möydinxöjayev Asadxöja Zohidxöja öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi