«Çelsi»da yangi transfer va Ramosning yangi klubi. Sönggi transfer xabarlari
|21:31 / 27.08.202340 35613 min
Saloh «Liverpul»dan özini qöyib yuborişni söradi
Yakunlangan haftaning eng şov-şuvli xabari «Al-Ittihod» «Liverpul» vingeri Muhammad Salohga jiddiy qiziqayotgani haqidagi xabar böldi. Saudiya Arabistoni va Angliyadagi naşrlar arablar misrlik futbolçini Pro-liganing eng yuqori maoş oluvçi futbolçisiga aylantirmoqçiligi va futbolçi bunga roziligi haqida yozişdi. Şu bilan birga, «Liverpul» muzokaralardan boş tortayotgani haqida xabarlar ham çiqdi va şu tufayli bu transferning ehtimoli past baholanayotgandi.
Ammo endi jurnalist Rudi Galettining xabar berişiça, vaziyat özgargan. 31 yoşli hujumçi özini Saudiya Arabistoni çempionatiga qöyib yuborişni söragan, «Al-Ittihod» esa «Liverpul»ga 92 million yevrolik taklif yuborgan va 28 avgustga qadar dedlayn belgilagan.
KSA Sport'ning ma’lum qilişiça, misrlik futbolçi uçun 27 avgust kuni «Nyukasl»ga qarşi keçadigan öyin mersisaydliklar safidagi sönggi öyin bölib qoladi, u öyindan keyin yangi klubi uçun tibbiy körikdan ötiş maqsadida Saudiyaga uçib ketadi.
Bu masala qanday yakunlanişi yangi hafta boşida ma’lum böladi.
Tuttosport xabariga köra, agar Saloh ketsa, «Liverpul» Federiko Kiyezani olişi mumkin. Yurgen Klopp «Yuventus» vingerini misrlik futbolçi uçun munosib örinbosar sifatida körmoqda. Turinliklar Kiyeza uçun 60 mln yevro atrofida mablağ talab qiladi. Ötgan mavsumda Federiko «Yuventus» safida barça turnirlar doirasida 33 öyinda maydonga tuşib, tört gol urgan va olti golga uzatma bergan. Joriy mavsumda ham 25 yoşli italiyalik futbolçi bir öyinda bir gol urişga ulgurdi.
«Al-Ahli» «Selta»dan ispaniyalik yarimhimoyaçi Gabriel Veyga bilan şartnoma imzoladi. Transfer qiymati 40 mln yevroni taşkil etgan. Tomonlar uç yillik şartnoma imzolagan. Uşbu 21 yoşli futbolçiga yoz davomida Yevropaning qator top-klublari, jumladan «Barselona», «Mançester Siti», «PSJ», «Liverpul» va «Çelsi» kabi klublar qiziqiş bildirgan, yakunda futbolçi «Napoli»ga ötişi deyarli hal bölgandi. Ammo sönggi lahzada u qarorini özgartirdi va Saudiya Arabistoni çempionatini tanladi. «Al-Ahli»da Veyga yiliga 12 mln yevro atrofida maoş oladi («Napoli» unga bundan beş barobar kamroq taklif qilgandi).
Avvalroq «Real» yarimhimoyaçisi Toni Kroos Gabriel bu yoşida Saudiya klubiga ötişini «şarmandalik» deb atagandi.
Mavzuga oid
Jidda klubi bungaça Riyod Mahrez, Roberto Firmino, Allan Sen-Maksimen, Frank Kessi va Eduar Mendi kabi yulduzlar bilan ham şartnoma imzolagandi.
Sançes «Inter»ga qaytdi
Çililik forvard erkin agent maqomida «Inter» safiga qöşildi. Kelişuv muddati – bir yil. Aleksis Sançes bungaça ham uşbu klub uçun 109 öyinda maydonga tuşib, 20 gol urgan va uç sovrin qölga kiritgan. U «Inter» safida 2020 yil 1 sentabrdan (2019/2020 yillar mavsumidan) 2022 yil 10 avgustigaça öynagan. Ötgan mavsumni esa çililik futbolçi «Marsel»da ötkazib, fransuzlar klubi safida barça turnirlar doirasida 44 öyinda maydonga tuşdi va 18 gol urib, uç golga hammualliflik qildi. U şuningdek faoliyati davomida «Udineze», «Barselona», «Arsenal» va «Mançester Yunayted» kabi klublarda ham töp tepgan.
Mourino jamoasida yana bir osiyolik hujumçi
«Roma» eronlik forvard Serdar Ozmun transferini e’lon qildi. Futbolçi «Bayyer»dan 2024 yil yoziga qadar ijaraga olingan, mavsum yakunida uning transfer huquqi 12 mln yevroga sotib olinişi mumkin. Ozmun yangi jamoasida 17-raqamli futbolkada töp suradi. Serdar faoliyati davomida Eronning «Sepahon», Rossiyaning «Rubin», «Rostov» va «Zenit» klubi klublarida öynagan. Sankt-Peterburg jamoasi bilan Ozmun Rossiyaning tört karra çempioni bölgan, ikki bor Superkubokni va bir marta mamlakat Kubogini qölga kiritgan.
Azar uçun APLda kutilmagan variant
Eden Azar yana APLga qaytadimi? The Guardian xabariga köra, belgiyalik vinger xizmatlariga «Kristal Pelas» qiziqiş bildirmoqda. Eden bu yozda erkin agentga aylangan, şu tufayli «burgutlar» uni tarkibga qöşib olişi ehtimoli yuqori. «Pelas» «Galatasaroy»ga ketgan Uilfrid Zaa örniga futbolçi qidirmoqda, Azar – variantlardan biri. Avvalroq Azarga MLS, Braziliya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar çiqqandi. Amerika ligasida unga «Vankuver», Braziliya çempionatida — «Botafogo» qiziqmoqda. Şuningdek, Azar Saudiya Arabistoni klublaridan biridan taklif olgan. Belgiyalik futbolçi 2019 yildan buyon «Real» futbolçisi edi, ammo jarohatlar tufayli madridliklar klubi asosiy tarkibiga kira olmadi.
«Inter» forvardini Fransiya çempionatiga yubordi
«Inter»ning argentinalik hujumçisi Xoakin Korrea «Marsel» futbolçisiga aylandi. Klub va futbolçi 2024 yil yoziga qadar amal qiluvçi ijara kelişuvini imzolagan. «Marsel» Korreani mavsum oxirida 10 mln yevroga sotib olişi mumkin. Provansalliklar bir yillik ijara uçun 2 mln yevro tölaydi. Agar «Marsel» Çempionlar ligasiga yöllanma olsa, futbolçini sotib olişi şart böladi. Korrea fransuzlar klubidan erkin agent sifatida «Inter»ga ötgan Aleksis Sançes örnini egallaydi.
Tarixdagi eng qimmatbaho futbolçilardan biri Qatar çempionatiga ötadimi?
Fabritsio Romano xabar berdi: «Aston Villa» yarimhimoyaçisi Filippe Koutino «Al-Duhayl» jamoasiga transfer bölişga rozi. 31 yoşli braziliyalik şaxsiy şartnoma böyiça qatarliklar bilan kelişib olgan. Ammo «Al-Duhayl» hali «Aston Villa»ni köndirişi kerak. Koutinoga Qatarning boşqa klublari va Saudiya klublari ham qiziqiş bildirgandi, ammo aynan «Al-Duhayl» raqobatçilardan jiddiyroq harakat qildi. Filippe ötgan mavsumda «Aston Villa» safida barça turnirlar doirasida 22 öyinda maydonga tuşib, bir gol urgan. Transfermarkt uning bozordagi narxini 10 mln yevroga baholagan.
Ramos baribir Turkiya çempionatiga ötadimi?
Ispaniyalik afsona, himoyaçi Serxio Ramos avvalroq «Beşiktoş» taklifini rad etgandi. Ammo u baribir Turkiya Superligasiga keladigan körinmoqda. Nikolo Şiraning yozişiça, 37 yoşli himoyaçiga «Galatasaroy» ham qiziqiş bildirmoqda. Turkiya grandi Ramosga yiliga 10 mln yevro miqdorida maoş taklif qilgan. Serxio ötgan mavsumda «PSJ» safida öynagandi, endi esa erkin agent maqomida öziga yangi klub qidirmoqda.
«Brayton» Kaysedoga örinbosar topdi
«Brayton» «Lill» yarimhimoyaçisi Karlos Baleba böyiça kelişuvga erişdi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Jurnalistning ma’lumotiga köra, transfer summasi 27 mln yevroni taşkil etadi, yana 3 mln yevro miqdorida bonuslar közda tutilgan. Baleba bilan şartnoma şartlari allaqaçon kelişib qöyilgan, yarimhimoyaçi tibbiy körikdan ötiş arafasida turibdi. 19 yoşli futbolçi «Lill»ning asosiy tarkibida Lige 1ning 23 öyinida maydonga tuşgan. Baleba – şu yozda APL uçun rekord darajadagi 133,5 mln yevro evaziga «Çelsi»ga ötgan Kaysedoga örinbosar sifatida körilmoqda.
Balogun — «Monako»ga ötadi
RMC Sport xabar bermoqda: «Monako» «Arsenal» bilan Falorin Balogun transferi böyiça kelişuvga erişdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga köra, «Monako» 22 yoşli amerikalik hujumçi uçun 40 million yevro tölaydi. Londonliklar uning qayta sotuvidan ham uluş oladi.
Balogun ötgan mavsumda ijara asosida «Reyms»da öynagandi. Forvard barça turnirlar doirasida 39 öyinda maydonga tuşdi va 22 gol urib, ikki golga uzatma berdi. Uning «Arsenal» bilan şartnomasi 2025 yil iyuniga qadar tuzilgandi.
«Arsenal» muammoli pozitsiyani yopmoqçi
Turinning Torino Granata naşri «Arsenal» «Torino» himoyaçisi Perru Sxyursga qiziqayotgani haqida xabar berdi. Qayd etilişiça, londonliklar himoya markazini kuçaytirmoqçi va uşbu niderlandiyalik futbolçini yaxşi nomzod sifatida körmoqda. «Arsenal» şu yozda «Ayaks»dan sotib olgan Yurriyen Timber mavsumning birinçi turida xoçsimon paylarini jarohatlab oldi va mavsum oxiriga qadar safdan çiqdi, şu tufayli jamoaga bu çiziqqa yangi futbolçi kerak. Transfermarkt bahosiga köra, 23 yoşli Sxyursning bahosi 25 mln yevroni taşkil etadi.
«Çelsi» Amerikadan darvozabon oldi
«Çelsi» serbiyalik darvozabon Jorjye Petroviç transferini e’lon qildi. Transfer qiymati 16 mln yevroni taşkil etadi. 23 yoşli futbolçi bilan 2030 yil yoziga qadar şartnoma imzolangan, tomonlar kelişuvni yana bir yilga uzaytirişi mumkin. Petroviç 2022 yilda Amerikaning «Nyu-Inglend Revolyuşn» klubiga ötib, bu klub safida 48 öyin ötkazgan. Ötgan mavsumda u MLSda yilning ikkinçi eng yaxşi darvozaboni deb topilgandi. Petroviç Serbiya milliy jamoasida ham ikki öyin ötkazgan. U «Çelsi»da «Real»ga ketgan Kepa Arrisabalaga örnini egallaydi.
Bu londonliklar klubining 2023 yil yozidagi öninçi xaridiga aylandi, bungaça darvozabon Sançes («Brayton», 23 mln yevro), himoyaçi Disasi («Monako», 45 mln yevro), yarimhimoyaçilar Kaysedo («Brayton», 116 mln yevro), Lavia («Sauthempton», 62,1 mln yevro), Ugoçukvu («Renn», 27 mln yevro), hujumçilar Nkunku («Leypsig», 60 mln yevro), Jyekson («Vilyarreal», 37 mln yevro), Deyvid Vaşington («Santos», 16 mln yevro) va Gabriel («Santos», 15 mln yevro - u «Strasburg»ga ijaraga berildi) sotib olingandi.
«MYu» darvozabon sotib olmoqda
«Mançester Yunayted» Andre Onanaga raqobat uçun yana bir darvozabon olmoqda. «Qizil iblislar»ning yangi darvozaboni «Fenerbahçe»dan kelmoqda - Altay Bayindir. 25 yoşli turk uçun 7 million yevro tölanadi. Fabritsio Romano ma’lumotiga köra, transfer «MYu» yana bir darvozaboni Din Hendersonni «Kristal Pelas»ga sotganidan keyin e’lon qilinadi.
Öz navbatida Xorvatiya milliy jamoasi va Zagrebning «Dinamo» klubi posboni Dominik Livakoviç Bayindir örniga «Fenerbahçe»ga ötmoqda. «Fener» darvozabon uçun 6,65 mln yevro tölagan, yana 950 ming yevro bonuslar körinişida beriladi. Livakoviç istanbulliklar klubi bilan beş yillik şartnoma imzolagan. E’tiborli jihati, 28 yoşli Livakoviç bunga qadar heç qaçon Xorvatiyadan taşqarida öynamagan. U 2015 yildan buyon «Dinamo» darvozasini qöriqlab kelayotgandi.
«Bavariya» yangi darvozabon transferini e’lon qildi
«Bavariya» Isroil milliy jamoasi darvozaboni Daniel Peretsni transfer qilgani haqida rasman xabar berdi. Futbolçi uçun 5 mln yevro tölangan. 23 yoşli isroillik bilan beş yillik şartnoma tuzilgan. Perets Manuel Noyyer jarohatidan tuzalguniça, «Bavariya» darvozasini qöriqlaş uçun Sven Ulrayhga raqobat qiladi.