Röyxatdagilarning aksari Angliya klublari transfer qilgan futbolçilardir. Şuningdek, röyxatdagi qator familiyalar muxlislarni hayron qoldirişi mumkin.
2 sentabrga ötar keçasi Yevropaning top-çempionatlarida transferlar oynasi yopildi. Endi klublar faqat erkin agent maqomidagi futbolçilarni safga qöşib olişi mumkin. Bu yozda sarflangan mablağlar böyiça jahon rekordi yangilandi. Quyida yozning eng qimmatbaho transferlari top-15 ligi jamlandi.
15-örin. Manuel Ugarte, 22 yoşda («Sporting» — «PSJ», 60 mln yevro — bu va quyidagi narxlar Transfermarkt.de ma’lumoti böyiça)
Manuel Ugarte. Foto: PSG VIA GETTY IMAGES
Aftidan, Parijdagilar futbolçilarning Angliyaga oqimini kuzatişdan çarçadi va harakatga tuşdi. Klub rahbarlari Portugaliya çempionatiga yuzlandi va u yerdan urugvaylik tayanç yarimhimoyaçisi Ugarteni sotib olişdi. U «Sporting»dagi uç mavsum içida jamoaning almaştirib bölmas futbolçisiga aylangandi. Öz özidan öz transfer qiymatini olti barobar oşirdi. Şu bilan birga, u Qatardagi jahon çempionatini zaxira örindiğida ötirib kuzatgandi. Ammo, «PSJ»dagilar nima qilayotganini biladi – uşbu futbolçi ilk turlardan asosiy tarkib futbolçisiga aylandi va örnini heç kimga berib qöymoqçi emas.
Bu transferga savollar yetarliça. Asosiysi – nima uçun? Doku oldingi klubida behisob aldab ötişlardan boşqa aytarli iş körsatmagan, qolaversa, uning aldab ötişga urinişlari hamişa ham samarali çiqmaydi. Gvardiola esa, ma’lumki, murabbiy talablarini santimetrigaça töğri bajaruvçi boşqa tipdagi futbolçilar bilan işlaşni yoqtiradi. Mavsum startida Doku «Siti»ning biror öyinida maydonga tuşmagani ajablanarli emas. Lekin uni Anri köp bor maqtadi va uning texnikasini e’tirof etdi, u bu futbolçi bilan Belgiya milliy jamoasida birga işlagan. Ammo jarohatlarga moyil bölgan futbolçi özi uçun sarflangan mablağlarni oqlaşiga köpçilikda şubha bor.
Kristofer Nkunku. Foto: MATTHEW ASHTON — AMA/GETTY IMAGES
Uning transferi böyiça amalda qişdayoq kelişib qöyilgandi, yozda esa bu haqda rasman e’lon qilindi. Nkuku hujum çiziğidagi istalgan pozitsiyada öynay olişi mumkin, londonliklar bu mavsumda yevrokuboklarda iştirok etmasligi esa Angliyada töliq moslaşişga imkon beradi. Lekin hozirça barçasi yaxşi ketmayapti – mavsumoldi yiğinlari çoğida fransiyalik futbolçi jarohat oldi va bir neça oyga safdan çiqdi. Şunday ekan, rasmiy öyindagi debyutni hali kutiş kerak.
«Liverpul» örniga Londonga ötişni tanlagan futbolçilardan biri. Klopp uşbu yigitçani öz jamoasida körişni juda istagandi, ammo «Çelsi»dagilar Romeoni butun klub bölib özlariga çaqirişdi – futbolçilardan tortib administratorlargaça. Yakunda u taslim böldi. Lekin hali yuqori darajada atigi bir mavsum ötkazgan futbolçi uçun kattagina mablağ tölaşga töğri keldi. Boşqa tomondan, bir yildan keyin uning narxi ikki barobar kötarilib ketişi mumkin. Qolaversa, uning uçun tölangan mablağ bugungi kundagi «Çelsi» uçun u qadar jiddiy summa emas.
«Milan» sönggi mavsumlardagi muhim futbolçilaridan biri bilan xayrlaşişni istamagandi, ammo «Nyukasl»ning «yoğli» taklifiga rad javobi bera olmadi. Uşbu yoş futbolçi «Nyukasl»da qurilayotgan yangi jamoa yetakçilaridan biriga aylanişi mumkin – Italiyada u boks-tu-boksda öynab, Pirloning uslubini eslatardi. U taşqi körinişi bilan ham afsonaga öxşaydi. Uning özi ham klubdan ketişni istamagandi, ammo «Milan» rahbarlari uni sotib yuborişdi. Endi Tonali Eddi Hauning boşlanğiç tarkib futbolçilari safida.
Sönggi yillarda Maunt «Çelsi»da turli davrlarni boşdan keçirdi, ammo, aftidan, endi klubda qiladigan işi qolmadi. U muntazam ravişda almaşib turadigan tarkib va futbol falsafasiga doim ham mos kelavermadi. «MYu»ga transfer – ikki tomon uçun yaxşi qaror böldi: London klubi hujum çiziğidagi pozitsiyalar uçun qator yangi futbolçilar olib keldi, Maunt esa yangi çaqiriq sari ketdi. 24 yoşda futbolçining kelajagi hali oldinda böladi, Meysonda yangi salohiyatini töla namoyon etiş uçun fursat yetarli.
«Leypsig»ning hujumkor yarimhimoyaçisi allaqaçon Angliya top klublari nazariga tuşgandi. Yoz boşida «Nyukasl» ham uni olib keliş uçun qattiq harakat qildi, ammo «Liverpul» operativ işladi. Vengriyalik futbolçi golli vaziyatlar yaratiş böyiça Bundesliganing eng yaxşilaridan biri edi va juda tez ösayotgandi. Undagi mehnatkaşlik, yaxşi jismoniy holat — APLda öynab ketiş uçun yetarli imkoniyat borligini anglatadi. U tabiiyki, «Liverpul»ning yangi mavsum startidagi boşlanğiç tarkib a’zosiga aylandi.
8-örin. Kay Havers, 24 yoş («Çelsi» — «Arsenal», 75 mln yevro)
Kay Havers. Foto: ARSENAL FC VIA GETTY IMAGES
Bu transfer uçun bunday katta mablağ tölangani köpçilik uçun tuşunarsiz bölib qoldi. Ammo «Arsenal» bu yozda raqobatçilarining asosiy futbolçilarini olib qöyiş uçun mablağ ayamadi. Havers birinçi navbatda öz universalligi tufayli bir neça pozitsiyalarda raqobatni kuçaytiriş uçun olib kelindi. U darhol asosiy tarkibga kirdi, ammo APL startidagi dastlabki tört öyinda birorta gol yoki golli pas muallifi böla olmadi. Holbuki unda yetarliça imkoniyatlar böldi. Arteta hozirça uning öyinlaridan yaxşi taassurot hosil qilmayotgani aniq. Ammo hali barçasi özgarib ketişi mumkin.
Tabiiyki, bu transferdagi asosiy hazil – «MYu» öz Holandini sotib olgani haqida. Bu hazilda mantiq yöq emas – ularning ikkisi ham skandinavlar, bir-biriga nafaqat maydondagi vazifalari böyiça, balki taşqi köriniş jihatdan ham öxşab ketadi. «Siti» futbolçisi Angliyadagi faoliyatini ketma-ket gollar uriş bilan boşlagan bölsa, Rasmus hozirça jarohatini davolamoqda. Ammo «Yunayted» unga katta işonç bildirgan.
Xorvatiyalik himoyaçi himoyaçilar uçun tölangan mablağ böyiça transfer rekordini yangiladi, bunga qadar bu maqom Harri Maguayrga tegişli edi. Gvardiola jamoasiga markaziy himoyaçilarni taklif etişni xuş köradi. Qolaversa, bu futbolçining familiyasi ham unikiga öxşaş. 21 yoşida Gvardiol öz pozitsiyasida dunyoning eng yaxşilaridan biri darajasiga yetişdi. Pep bu kelişuvdan mamnunligi aniq.
«Ayntraxt»ga faqat tahsin aytiş mumkin. Klub oxirigaça kutdi va «PSJ»dan maksimal darajada pul undirib oldi. Ötgan haftadayoq Kolo Muani Parijga ketmoqçiligi haqida oçiq aytib, klubni transferga köndiriş uçun hatto jamoa maşğulotlarini boykot qilgandi. Ammo frankfurtliklar sabr qilişdi va rxirigaça vaqt çözişdi: ayrim jurnalistlar hatto kelişuv barbod bölgani haqida aytişgandi. Yakunda kelişuv sönggi soatlarda hal böldi: fransiyalik forvard 95 mln yevro evaziga Bundesligadan Liga 1ga ötdi. Endi u milliy jamoada bölgani kabi Kilian Mbappe bilan juftlikda harakat qiladi.
4-örin. Harri Keyn, 30 yoş («Tottenhem» — «Bavariya», 100 mln yevro)
Harri Keyn. Foto: CHRISTINA PAHNKE — SAMPICS/GETTY IMAGES
Uşbu hujumçi 11 yilini «Tottenhem»ga bağişladi. U özi ramziga aylangan bu klubni tark etişini tasavvur qiliş qiyin edi. Sönggi yillarda u böyiça juda köplab takliflar keldi, ammo klub rahbariyati ularning barçasini rad etayotgandi. Ammo «Bavariya»dek tejamkor jamoa 100 mln yevro taklif qilganida barçasi özgardi, qolaversa, futbolçi sovrinsiz yurişdan çarçagandi. Natijada londonliklar mömay pul işlab oldi, futbolçi nihoyat sovrinlar uçun kuraşadigan jamoada öynaydigan böldi, nemislar klubida esa Levandovski darajasidagi markaziy hujumçi paydo böldi. Keyn esa yangi çempionatga darhol moslaşdi va özi uçun sarflangan pullarni oqlay boşladi – u dastlabki uç turda uç gol urdi. Şu bilan bir vaqtda, yana yetti-sakkiz yil şu darajada öynaşga tayyorligini aytib ötdi. Şunday ekan, myunxenliklar klubi yaqin yillar uçun markaziy hujumçi masalasida xavotir olmasa ham böladi.
Angliyalik uşbu futbolçini 16 yoşidayoq öz avlodidagi eng kuçli futbolçi deb ataşgandi. U dastlab «Birminghem»a’zosi ekanida, Angliya ösmirlar jamoasidagi öyinlari tufayli tilga tuşgandi. Keyin – «Borussiya»dagi kuçli mavsumlar va jahon çempionatidagi öyinlari bilan yorqin taassurot qoldirdi. U Dortmunddan yanvardayoq ketmagani biroz ajablanarli, öşanda uning nomi ingliz grandlari bilan boğlanayotgandi. Ammo, aftidan, u eng yaxşi taklifni kutgan. «Real» esa bu taklifni berdi. Madridda uşbu yigitça juda kuçli boşladi, töpurarlik qobiliyatini namoyiş etib, dastlabki tört turda beşta gol urdi. Jamoada bunday start faqat Kriştianu Ronalduda bölgan. Lekin uning madridliklar klubidagi asosiy vazifasi maydon markazidagi avlodlar almaşinuvi oğriqsiz keçişini ta’minlaş.
Yarim yil oldin ham uşbu yoş futbolçi haqida köpçilik bilmasdi. Bir neça yil oldin «Brayton» öz uslubida yana bir iste’dodli futbolçini topgan (bu safar Ekvadordan), ammo darhol Belgiya klubiga ijaraga berib yuborgandi. Yarim mavsumdan keyin esa jamoa öyin uslubi bilan Kanteni yodga solib yuboradigan tayyor yarimhimoyaçiga ega böldi. Yanvarda «Arsenal» Kaysedo uçun 70 mln yevro tölaşga tayyor edi. Ammo «Brayton» kutdi. Yozda unga «Liverpul» va «Çelsi» da’vogar böldi, ammo Moyzes may oyidayoq London klubi bilan kelişib qöygani ma’lum böldi. Bu esa hal qiluvçi omil bölib çiqdi. Transfer uçun katta pul sarflandi. Ammo, u ikkinçi Kantega aylanib, bu mablağni oqlaşi ham mumkin.
Britaniyalik iste’dod bu yozda Yevropadagi eng qimmatbaho transferlar röyxatini boşqaradi. Uni ançadan buyon top klublar kuzatib kelayotgandi, ammo «Vest Hem» eng yaxşi pallani kutdi va narx tuşib ketişidan çöçimadi. Nihoyat bu palla keldi va yangi mavsumda yana çempionlik uçun kuraşişni maqsad qilgan, qolaversa, YeÇLga qaytgan «Arsenal» Rays uçun söralgan mablağni töladi. U 24 yoşdayoq APLda 200 dan ortiq öyin ötkazgan, milliy jamoada 50 ga yaqin, yetakçilik qobiliyatiga ega va maydon markazida hukmronlik qiladi, asosiysi heç qaçon jarohat olib, öyinlarni ötkazib yubormaydi.