Yevropa top-ligalarida transferlar oynasi bugun yopiladi. Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya klublarida öz tarkibini yangi futbolçilar bilan kuçaytiriş uçun sönggi soatlar qolmoqda. 1 sentabr kuni ham voqealarga boy bölişi kutilmoqda. Quyida bugun yana qanday kelişuvlar amalga oşişi mumkinligi körib çiqiladi.

Randal Kolo Muani – «PSJ»ga

«PSJ» va «Ayntraxt» klublari örtasida hujumçi Kolo Muani borasida muzokaralar oxirgi kunga qadar çözildi. Şu kunlarda parijliklar 70 mln yevro va yana 10 mln yevro körinişida bonuslar taklif qilişgandi. Nemislar klubi esa Randal örniga «PSJ» forvardi Ugo Ekitikeni ham olişni istamoqda. Tomonlar hozirça kelişa olmagan. Bu vaqtda esa Kolo Muani «Ayntraxt» maşğulotlarini boykot qilmoqda va öz transferiga undamoqda.

«Umid qilamanki, «Ayntraxt» mening «PSJ»ga ketişimga yöl qöyadi, – degan Randal. – Men bu klubdan qarzdorman. Men hamişa bor kuçim bilan harakat qilganman. Ammo heç kimga sir emaski, «PSJ» men uçun rekord darajada taklif berdi, men ularga qöşilişni istayman, bu mening faoliyatim rivoji uçun katta imkoniyat».

Joau Kanselu – «Barselona»ga

«Barselona» ham yozgi transferlar yopilişi arafasida tarkibini yangi futbolçilar bilan töldirişni közlagan. Kataloniyaliklar klubining Kanseluni oliş böyiça «Mançester Siti» bilan muzokaralari şu qadar uzoq çözildiki, xuddi portugaliyalik futbolçi allaqaçon özini kök-anorranglilar safida his qilmoqda. Bu çindan ham röy berişi mumkin. Insayder Fabritsio Romano «Barsa» va «Man Siti» futbolçini ijaraga oliş böyiça kelişuvga erişgani haqida yozgan. Ammo futbolçini keyinroq sotib oliş majburiyati haqidagi band böyiça bir töxtamga kelinmagan: inglizliklar şartnomada şunday opsiya bölişini istamoqda, kataloniyaliklar esa moliyaviy feyr-pley bilan muammo çiqişi mumkinligi tufayli bunga rozi emas.

Joau Feliks – «Barselona»ga

«Barsa» yoz oxirida yana bir portugaliyalik Joau böyiça faol muzokaralarga kirişdi. «Atletiko» forvardi bilan boğliq holatda ham gap ijara şartnomasi haqida böladi. Kataloniyaliklar klubi 2023/2024 yillar mavsumida uning xizmatlaridan foydalaniş uçun 6-7 mln yevro tölaşi mumkin. Agar baribir kelişuvga erişilmasa, Caught Offside ma’lumotiga köra, futbolçi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirişga majbur böladi - uning Diyego Simeone bilan munosabatlari butkul buzilib bölgan. 23 yoşli futbolçining özi ham «Atletiko»da qolişni istamaydi, uning kelajagi yaqin soatlar içida ma’lum böladi.

Ansu Fati – «Brayton»ga