Transferlar oynasi yopilişi arafasida ham qator jiddiy transferlar amalga oşirilmoqda. 1 sentabr, juma kuni esa futbol muxlislarini dedlayn kutmoqda.
«Barsa» vingeri APLga yöl olmoqda

Öz vaqtida Lionel Messining vorisi sifatida körilgan, bugungi kunga kelib «Barselona»ning asosiy tarkibidagi örnini yöqotib qöygan Ansu Fati faoliyatini Angliyada davom ettiradi. Avvaliga uşbu futbolçi uçun «Tottenhem» asosiy da’vogar bölib turgan va uni 2024 yil iyuniga qadar ijaraga olişi kutilayotgandi.
31 avgust kuni çiqqan ma’lumotlarga köra, 20 yoşli hujumçi Angliyaning boşqa bir jamoasi «Brayton» safiga ötadi. Yevropadagi asosiy insayder Fabritsio Romano bu haqda Here We Go! iborasini qöllagan holda xabar bergan. Bu esa kelişuv amalga oşişi ehtimoli 99,9 foiz degani.
Fati ötgan mavsumda «Barsa» safida barça turnirlar doirasidagi 51 öyinda qatnaşgan, 10 gol urib, tört golga uzatma bergan.
«Arsenal» yoş forvardini «Monako»ga sotdi

«Arsenal» hujumçisi Folarin Balogun «Monako» a’zosiga aylandi. Amerikalik 22 yoşli futbolçi yangi klubi bilan beş yillik şartnoma imzoladi (2028 yil iyuniga qadar). Avvalroq Fabritsio Romano «Arsenal» Balogun uçun bonuslar bilan birga 40 mln yevro olişini yozgandi. Kelişuvga keyingi sotuvdan uluş töğrisidagi band ham kiritilgan – agar forvard şartnomasi tugaşidan oldin boşqa klubga sotilsa, «Arsenal» 17,5 foiz uluşga ega böladi. Balogun ötgan mavsumda Fransiya çempionatidagi boşqa bir jamoa «Reyms»da ijara asosida öynab, barça turnirlar doirasidagi 39 öyinda 22 gol urgan va uçta golli uzatmaga hammualliflik qilgandi.
«Liverpul» maydon markazini kuçaytirmoqda
APLdagi asosiy insayderlardan biri David Ornşteyn xabar berdi: «Liverpul» «Bavariya» bilan yarimhimoyaçi Rayan Gravenberh transferini muhokama qilmoqda. 21 yoşli niderlandiyalik ham faoliyatini «Enfild»da davom ettirişni istaydi. Myunxenliklar uning örniga boşqa futbolçi olişga ulguriş uçun transfer imkon qadar tezroq amalga oşişini xohlamoqda. Gravenberh ötgan mavsumda «Bavariya» safida Bundesliganing 24 öyinida maydonga tuşgan. Transfermarkt uning taxminiy narxini 30 mln yevro deb baholagan. Jurnalist Kris Baskombaning ma’lumotiga köra, «Liverpul» Gravenberh uçun 40 mln yevro taklif qilgan.











