Toşkent xalqaro aeroportida keça, 27 avgust kuni soat 22:09 da Qöyliq şahar podstansiyasida röy bergan avariya tufayli elektr ta’minotida uziliş yuz berdi.

Bir neça soniya içida zaxira manbalardan parvozlarni ta’minlovçi obektlar: uçiş-qöniş yölaklari, havo harakatini boşqariş tizimlari, radionavigatsiya uskunalari quvvati tiklangan. Şu tufayli poytaxt aeroportida reyslar keçiktirilmadi.

Mahalliy aviaqatnovlar va uçib keliş terminallari zaxira manbalariga ötkazilgan. 15 daqiqa içida, soat 22:24 da xalqaro aviaqatnovlar terminalining jönab ketiş zalida ham elektr ta’minoti tiklangan.

Soat 22:40 da Qöyliq şahar podstansiyasida yuz bergan avariya bartaraf etilib, poytaxt aeroportida elektr ta’minoti töliq tiklangan.