Ochilish marosimida Zeppelin International AG boshqaruvchi direktori Frank Yanas, Zeppelin Central Asia Machinery bosh direktori Mixail Konsevenko, Caterpillar hududiy menejyeri Azamat Shimgambayev, shuningdek, AQSh va Shveytsariya elchilari ishtirok etishdi.

Kompaniyani O‘zbekistonda rivojlantirish istiqbollari haqida Zeppelin Central Asia Machinery bosh direktori Mixail Konsevenko fikr bildirdi:

– So‘nggi bir necha yil davomida biz o‘sib, biznesimizni kengaytirib bormoqdamiz. Hozir hukumat darajasida biz markazning komponentlarni tiklash markazi loyihasini muhokama qilyapmiz. U mahalliy buyurtmachilarga ta’mirlash xarajatlarini qisqartirish va shu bilan birga biz tomonimizdan yuqori sifatli servisga ega bo‘lish imkonini beradi. Agar buyurtmachi va hukumat outsourcing xizmati bo‘yicha kelishsa, loyiha 15 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qilishi mumkin»,- dedi direktor.

Asosiy faoliyatidan tashqari, Zeppelin, shuningdek, ta’limga ham sarmoya kiritadi. Hozirgi paytda kompaniya «MISIS» universiteti Olmaliq filiali, Turin politexnika universiteti, shuningdek, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.  

Bundan tashqari, kompaniyada  korporativ-ijtimoiy mas’uliyat sohasiga oid ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida bu yil quyosh kollektorlari o‘rnatildi va bu elektr energiyasi iste’molini kamaytirish imkonini berdi.  

«Avvalambor, biz buyurtmachilar talablariga e’tibor qaratamiz. Shuningdek, biz yuqori darajada texnik yordam ko‘rsatamiz, bu uzoq yillar davomida bozorda yetakchi bo‘lib qolishimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega» - ta’kidladi Zeppelin International AG boshqaruvchi direktori Frank Yanas.

Caterpillar – jahonning yirik qurilish va tog‘-kon texnikasi ishlab chiqaruvchilaridan biri. Yer qazish-transport texnikasi, qurilish uskunalari, dizel dvigatellari, energetik (tabiiy va yo‘ldosh gazlarda ishlovchi) qurilmalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Tarkibida dunyoning 50ta mamlakatida va beshta qit’asida joylashgan 480dan ortiq bo‘linma mavjud.