Poytaxtda xorijiy tillarni öqitiş uçun çet el fuqarolarini jalb etiş loyihasi doirasida öquv-seminar taşkil etildi.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga köra, treninglar avvalida xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, öquv dasturlari va darsliklar hamda öqitiş metodikasi haqida ta’kidlab ötildi.

Öquv-seminari davomida Özbekistonning tarixiy rivojlanişi, madaniyati va ta’lim tizimi, iqtisodiy taraqqiyotda maktab ta’limining örni, xorijiy mutaxassislarning öquvçilarda xorijiy fanlarni bilim va könikmalarini şakllantirişda vazifalari hamda xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, öquv dasturlari va darsliklari hamda öqitiş metodikasi kabi muhim mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Joriy yilda Özbekistonga maktabda dars beriş uçun xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelinadi. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar köpayişini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinişi közda tutilgan.