Samolyot Özbekistonning Zomin, Zarafşon, Şahrisabz, Söx va boşqa şaharlariga parvozlarni amalga oşiradi.

Yangi samolyotning parvoz xususiyatlari har tomonlama puxta tekşiruvdan ötkazilganidan söng Çexiyaning Kunovitse şahridan havoga kötarildi. Samolyot yonilği quyiş uçun Bolgariya, Turkiya, Armaniston, Ozarboyjon va Turkmanistonda oraliq qönişlarni amalga oşirdi.  

LET L-410 turbovintli samolyoti 19 yölovçiga möljallangan bölib, u deyarli har qanday turdagi uçiş-qöniş yölagi, jumladan uzunligi 510 metr va undan yuqori bölgan öta qisqa  yölaklarda ham uçiş va qönişlarni amalga oşira oladi.  

Bortdagi elektron jihozlar zamonaviy kommunikatsiya va Garmin GPS navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan.  

Bu rusumdagi birinçi samolyot Toşkentga iyul oyining örtalarida olib kelingan. Hozirgi kunda unda poytaxtdan Samarqand va Zominga parvozlar amalga oşirilmoqda.