Angliya: Holand het-trik va rekordlarni ştamplamoqda

«Mançester Siti» — «Fulhem» 5:1
Gollar: Alvares (31), Ake (45+5), Holand (58, 70 penalti, 90+5) — Rim (33). 
Mançester Siti – Ederson, Uoker, Diaş, Akanji, Ake, Kovaçiç (Fillips, 84), Rodri (Silva, 76), Foden (Bobb, 90), Doku (Serxio Gomes, 76), Holand, Alvares (Lyuis, 90).
Fulhem – Leno, Tete (Kastan, 73), Rim, Diop, Robinson, Kerni (Harris, 16), Rid, Pereyra, Uilson (Traore, 81), Dekordova-Rid (Villian, 73), Ximenes (Rodrigo Muniz, 81).
Ogohlantirişlar: Rodri (41), Diop (43), Robinson (45), Dekordova-Rid (54), Pereyra (69), Bernardu Silva (78).

Ötgan turda «Fulhem» «Arsenal»ning asabiga öynagandi (2:2), bu şanbada esa «daçaçilar» «Mançester Siti»ning ham hayotini murakkablaştiriş uçun maydonga çiqişgandi. Öyinda dastlab Kovaçiçning uzatmasiga oçilgan Holand töpni qulay pozitsiyada turgan Alvaresga yumalatib berib, gol urilişini ta’minladi. Ammo mehmonlar burçak zarbasidan maksimum natija çiqarib, darhol javob qaytarişdi. Ularni birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalar oxirida urilgan gol sindirib qöydi, bu gol Marku Silva va uning futbolçilarining ğazabiga sabab böldi. Ular bu vaziyatda ofsaydda turgan Akanji darvozabonga xalal berganiga amin edi, ammo hakam qarorini özgartirmadi.

Tanaffusdan keyin esa «Fulhem» Erling nomidagi norveg böroni qurboniga aylandi. Oqşom qahramoniga birinçi golida töpni töxtatişga uringan Rim yordam berib yubordi. Keyin ötgan turda penaltidan foydalana olmagan Holand yana «nuqta»ga yaqinlaşdi va zarbani skandinavça sovuqqonlik bilan ijro etdi. Va nihoyat öyinga qöşib berilgan beşinçi daqiqada Gomesning solosidan keyin «Siti» mergani APLdagi beşinçi het-trigini rasmiylaştirdi.

Tabiiyki, navbatdagi rekord ham qayd etildi, çunki Holandga bu natija uçun 39 öyin yetarli böldi. Bu Ruud van Nistelroynikidan 34 öyinga yaxşiroq. Alan Şirer, Harri Keyn, Maykl Ouen, Luis Suares, Robbi Fauler — ularning barçasi norveg gol maşinasidan kosmik masofada ortda qolib ketişdi. Bundan taşqari, «Siti»ning startdagi tört öyinida ham öynagan forvard Endi Koulga tegişli bölgan boşqa rekordni (42 öyin) yangilab, APL tarixida barçadan tez 50 samarali ball (41 gol va 9 uzatma) töplagan futbolçiga aylandi.