Şerali Jörayev, köplab qöşiqçilar qatori, juda köp yillar “zapret”da böldi. 90-yillarning ikkinçi yarmidan boşlab, to 2016 yilga qadar, Özbekiston jamoatçilik diqqat markazida faqat bitta odam böldi: tabiiyki, Karimov. Qolganlar birin-ketin yoki özini saqlaş maqsadida, yoki tepadagi buyruq sababli xalq e’tiboridan uzoqlaşdi, uzoqlaştirildi.

Şerali Jörayev 90-yillarning örtalarida “zapret”ga tuşgandi. Agar e’tibor bersangiz, u eng sermahsul davrida katta konsertlar bermadi, u uçun “Xalqlar döstligi”, “Turkiston” yoki boşqa san’at qasrlarining eşiklari doim yopiq edi.

Karimovning xarakteri juda oğir edi. U kimnidir yomon körib qolsa, boşqa keçirmasdi, kek saqlab yuraverardi. Lekin, eşitişimça, Karimov ham Şerali Jörayevning qöşiqlarini yaxşi körgan. Şunday bölsa-da, uni töliq keçirmagan va sahnaga qaytarmagan.

Şuning uçun Şerali Jörayev xalqqa körinişining yagona usulini topgan: öz uyida konsert berib, qöşiqlarini “Şer” studiyasida yozib, disklar orqali xalqqa tarqatgan. Bunga davlat heç qanday monelik qila olmagan.

Hatto, adaşmasam 2001 yilda “Xamza” teatri qayta ta’mirlanib Milliy akademik drama teatri deb nomi özgartirilganda, şu teatrni qayta oçilişiga Islom Karimov keladi. Şunda Şerali Jörayevning yaqin döstlari – şoirlar-u adiblar u bilan Karimovni yaraştiriş maqsadida: “Şer aka, teatr zinapoyasida biz bilan birga turing, Karimov hamma bilan körişib kelib, siz bilan ham körişib, yaraşib ketadi” degan. Şunday ham qilişgan. Karimov hamma bilan qöl berib körişa turib, Şerali Jörayevni körgaç, qolganlar bilan ham salomlaşmay, teatrga kirib ketadi.

Qiziq davrni boşdan keçirdik. Katta bitta davlatda faqat bitta odam gapirardi, öynardi, kulardi, yiğlardi, qöşiq aytardi, maqtardi, tanqid qilardi... Boşqa hamma tomoşabin edi. Bitta davlat – bitta odam... Şerali Jörayev – faqat uyida, Yulduz – Turkiyada, Obid Asomov – Rossiyada...

Özbekistonda fobiyalar köp, lekin millatga, davlatga va xalqqa real va juda katta zarar yetkazgan asosiy narsa – bu davlat diktaturasi böldi, boşqa narsa emas...

Kamoliddin Rabbimov,
siyosiy tahlilçi