Özbekistonda ham bu yönalişda yangi qadam taşlanmoqda. Prezidentning PF–103-son farmoni doirasida Raqamli sanʼat ijodiy birlaşmasi taşkil etildi.

Birlaşmaning asosiy vazifalaridan biri - sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni sanʼat va madaniyatga olib kiriş, yangi ijodiy yönalişlarni rivojlantiriş va yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş.

Birlaşmaning ijodiy rahbari etib taniqli klipmeyker va madaniyat vaziri maslahatçisi Rauf Nabiyev tayinlangan. Kasbiy taʼlim agentligi rahbari Azimjon Husanov hamrahbar sifatida, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov esa vazirlik tomonidan masʼul sifatida jarayonlarda iştirok etmoqda.

Bu yerda faqat ijod bilan çeklanilmaydi. Birlaşma qoşida Raqamli tadqiqotlar markazi ham taşkil etilmoqda.

Markaz sanʼat va madaniyatdagi muammolarni örganadi, ularni raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt yordamida hal qiliş imkoniyatlarini izlaydi. Yaʼni yangi texnologiyalar şunçaki qöllanmaydi, balki ular böyiça tadqiqotlar ham olib boriladi.

Yana bir muhim yönaliş - yoşlar uçun zamonaviy texnologiyalar böyiça bepul taʼlim yaratiş.

Bu jarayonda yoş isteʼdodlarni aniqlaş, ularni real loyihalarga jalb qiliş va professional portfolio şakllantirişga eʼtibor qaratiladi. Keyinçalik iqtidorli yoşlarni xalqaro loyihalarga olib çiqiş va zamonaviy kasblarga yönaltiriş rejalaştirilgan.

Xöş, bu loyihalar faqat Özbekiston bilan çeklanadimi?

Yöq.

Buyuk Britaniyada namoyiş etiladigan sunʼiy intellekt filmlarini yaratiş va taqdim etiş böyiça Londondagi Cambridge Muslim College dekani Şayx Abdul Hakim Murad (Tim Winter) hamda Dr Belal Alabbas bilan hamkorlikka asos solingan. Hozir bu yönalişdagi işlar amaliy bosqiçda davom etmoqda.

Birlaşgan Arab Amirliklarida esa AKSUM holding rahbari Uluğbek Maksumov xalqaro darajadagi sunʼiy intellekt filmi yaratiş böyiça kelişuv imzolangan. Loyiha ustidagi işlar allaqaçon boşlangan.

Demak, gap faqat yangi bir taşkilot tuzilganida emas. Maqsad - sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni Özbekiston sanʼatiga olib kiriş, yoşlarni bu yönalişga tayyorlaş va mahalliy ijodiy loyihalarni xalqaro maydonga olib çiqiş.