Şavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan bölib ötgan oçiq muloqot çoğida belgilangan vazifalar va rejalarni amalga oşiriş töğrisidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda prezident Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşining rolini kengaytiriş böyiça takliflarni ma’qullagan. U bir yil avval tadbirkorlik faoliyatidagi tösiqlarni bartaraf etiş böyiça taşabbuslarni işlab çiqiş va ularning bajarilişini nazorat qiliş böyiça maslahat organi sifatida taşkil etilgan edi.

Kengaş majlislari oyiga kamida bir marta ötkaziladi. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkazilgunga qadar muhokama qilinadi.

Kengaşning yangilangan tarkibi ham tasdiqlandi. Uning a’zolari soni 22 nafardan 30 nafargaça kengaymoqda, ular orasida amaldorlar ham kamroq böladi.

Yangilangan tarkibdan Sardor Umrzoqov, Laziz Qudratov, Ilhom Norqulov, Şerzod Qudbiyev, Obid Hakimov kabi amaldorlar hamda tadbirkor Murod Nazarov örin olmagan.

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi yangi tarkibi:

1. D.Vahobov - Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatçilik kengaşi raisi
2. D.Qosimov - Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil
3. Lavozimi böyiça - "Biznesni rivojlantiriş banki" ATB raisi
4. E.Abdullayev - SUN-HIGHTECH mas’uliyati çeklangan jamiyati ta’sisçisi
5. R.Abdullayev - Almerro Group mas’uliyati çeklangan jamiyati ta’sisçisi
6. L.Belousova - Özbekiston muhandis-maslahatçilar uyuşmasi direktori
7. O.Boltayev - Well done oilaviy korxonasi rahbari
8. S.Golosova - TRI-S-AUDIT mas’uliyati çeklangan jamiyati direktori
9. A.Dobrix - IFTIHOR KIYIM SANOAT mas’uliyati çeklangan jamiyati ta’sisçisi
10. J.Yesmurzayev - MEDICAL CENTRE mas’uliyati çeklangan jamiyati ta’sisçisi
11. F.Ilyosov - ILYASOV mas’uliyati çeklangan jamiyati ta’sisçisi