Uzbekistan Airways Toşkent – Zomin – Samarqand va Samarqand – Zomin – Toşkent yönalişlari böyiça kunlik parvozlarni amalga oşirişni boşladi.  

2023 yil 7 sentabrdan boşlab Uzbekistan Airways yangi mahalliy yönaliş – Toşkent va Samarqanddan Zominga va ortga qaytuvçi muntazam aviaqatnovlarni yölga qöydi. Eslatib ötamiz, 1 sentabr kuni yangi hududiy aeroportning oçilişi munosabati bilan milliy aviataşuvçi tomonidan Zominga yangi reyslarni amalga oşiriş imkoni paydo böldi. 

Toşkent va Samarqanddan Zominga aviaqatnovlar har kuni quyidagi jadvalga muvofiq amalga oşiriladi: 

  • • Toşkentdan jönab ketiş 8:30 da, Zominga yetib keliş 9:05 da
  • • Zomindan jönab ketiş 9:35 da, Samarqandga yetib keliş 10:20 da
  • • Samarqanddan jönab ketiş 11:20 da, Zominga yetib keliş 12:05 da
  • • Zomindan jönab ketiş 12:35 da, Toşkentga yetib keliş 13:10 da

Bir tomonlama aviaçiptalar narxi 105 000 sömdan boşlanadi va aviaçiptalarni www.uziarways.com rasmiy sayti, UzAirways ilovasi orqali yoki Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilişingiz mumkin. 

Zominga muntazam parvozlar Uzbekistan Airways'ning yangilangan rivojlaniş strategiyasida öz aksini topgan içki aviatsiya tarmoğini rivojlantirişning yana bir bosqiçidir. Uşbu maqsadlar uçun aviakompaniya har xil turdagi uçiş-qöniş yölaklariga qöna oladigan LET L-410 rusumli ikkita havo kemasini sotib oldi. Uzbekistan Airways yaqin kelajakda Özbekistonning Söx, Sariosiyo va Zarafşon kabi şaharlariga muntazam reyslar oçişni maqsad qilgan.

Reklama