
Yangilangan kengaş tarkibiga turli bank, korxona va taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, köplab biznes vakillari kiritildi.
Savdo-sanoat palatasining ma’lum qilişiça, kengaş tarkibi 20 nafar biznes vakili, 2 nafar bank raisi, taşkilotlarning 6 nafar rahbari va turli korxonalarning 2 nafar xodimidan taşkil topgan.
Jamoatçilik kengaşining yangi tarkibi kuçaygan hamda a’zolar soni 22 kişidan 30 nafargaça oşirilgan. Yangi tarkibning yana bir yutuği sifatida unga turli sohaning tajribali biznesmenlari qamrab olinganini körsatiş mumkin – röyxatdan mehmonxona tizimidan tortib, quriliş materiallari işlab çiqaradigan korxona rahbarlarigaça örin olgan.
Kengaş tarkibiga qöşilgan tadbirkorlar orasida tadbirkor va jamoatçilik faoli sifatida tanilgan Hasan Mamasaidov, Zafar Hoşimov, Anna Dobrix, Jamşid Ismatullayev, Yuliy Yusupov kabi ijtimoiy faol insonlarga ega kengaş tarkibi Prezident bilan yelkama-yelka tura oladi va soha rivojiga munosib hissa qöşadi.
Endilikda yangilangan kengaş iş strukturasi özgarişi, davlat idoralar bilan aloqa qilganida tadbirkorlar manfaatini birinçi öringa qöyişi aniq.
Kengaşning asosiy maqsadi – tadbirkorlik faoliyatiga aralaşuvlarni qisqartiriş, sohadagi tartib-taomillarni soddalaştirişdan iborat.
Jamoatçilik kengaşining asosiy vazifalari etib esa quyidagilar belgilangan:
- tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvçi eng muhim masalalar yuzasidan jamoatçilik fikrini tizimli monitoring qiliş va har tomonlama tahlil qiliş, ijtimoiy sörovlar ötkazadi;
- tadbirkorlikni rivojlantirişga tösiq va ğov bölayotgan muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflarni işlab çiqadi hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etadi;
- şuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkaziş, ularning huquqiy madaniyatini oşiriş va iqtisodiy könikmalarini şakllantirişga kömaklaşadi.
Eslatib ötamiz, Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoat kengaşi davlat rahbarining 2022 yilda tadbirkorlar bilan bölib ötgan oçiq muloqotida bildirgan taklifidan söng taşkil qilingan edi.












