Bu bilan bir vaqtda, 6 sentabr kuni Kiyevga kelgan AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bölgan yangi yordam paketini e’lon qildi. Uşbu yordam Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini qöllab-quvvatlaşni ham öz içiga oladi.
Blinkenning aytişiça, AQŞ kömagi Ukrainaning qarşi hujumiga yordam berişi lozim.
«Sönggi bir neça hafta davomida Ukraina qurolli kuçlarining davom etayotgan qarşi hujumidagi oldinga siljiş tezlaşdi. Uşbu yangi paket uning sur’atini saqlab qolişga yordam beradi va uni yanada köproq dastaklaydi», degan AQŞ Davlat kotibi Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida.
Ukrainaga Amerikaning kuçsizlantirilgan uranli snaryadlari yetkazib beriş haqidagi ma’lumot Pentagon rasmiy saytidagi press-relizda tasdiqlangan. Uşbu snaryadlar AQŞ harbiy yordamining 175 million dollar miqdoridagi navbatdagi tranşi doirasida yuboriladi.
Yordam, jumladan, HIMARS raketa tizimlari uçun qöşimça öq-dorilar, havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun jihozlar, Javelin va tankga qarşi AT-4 tizimlari, şuningdek, Abrams tanklari uçun kuçsizlantirilgan uranli 120 millimetrlik tank snaryadlarini öz içiga oladi.
2023 yil mart oyida Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainaga Britaniyaning Challenger 2 tanklari uçun tarkibida kuçsizlantirilgan uran bölgan öq-dorilar yuborişini tasdiqlagan edi.
Bu bayonot Rossiya rasmiylari, jumladan, prezident Vladimir Putinning öta keskin reaksiyasiga sabab bölgandi. Putin Buyuk Britaniyaning Ukrainaga kuçsizlantirilgan uranli snaryadlar yetkazib beriş qarorini Rossiyaning Belarusga taktik yadro qurolini joylaştirişiga sabab deb atadi.
Şu bilan birga, BBC naşri avvalroq ukrainalik va rossiyalik qurol-yaroğ böyiça ekspertlarga tayanib, boyitilgan uranli öq-dorilar Rossiyada ançadan beri işlab çiqarilişini yozgandi.
Kuçsizlantirilgan uran nima?
Kuçsizlantirilgan uran — boyitilgan uran işlab çiqarişda paydo böluvçi ikkilamçi mahsulotdir.
U özining yuqori ziçligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi va şu fazilatlari tufayli harbiy texnika uçun zirh işlab çiqarişda ham, öq-dorilar işlab çiqarişda ham foydalaniladi. Zirh teşuvçi snaryadlar yadrosi asosan kuçsizlantirilgan urandan taşkil topadi.
Kuçsizlantirilgan uran, garçi zaharli va kanserogen (kasallik qözğovçi) hisoblansa-da, yuqori radioaktivlikka ega bölmaydi.










