“Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga köra, yoqilği-energetika resurslarining 2023 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradigan narxlari tasdiqlanişi rejalaştirilmoqda. Bunda, aholi uçun tariflar özgarişsiz qoladi.
Elektr energiyasi tariflari OKMK, NKMK, “Özmetkombinat” va budjet taşkilotlariga 1 kWh uçun 1 000 söm, boşqa taşkilotlarga 900 söm deb belgilanişi nazarda tutilgan.
Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “Özmetkombinat” va budjet taşkilotlariga 1 kub metr uçun 1 800 söm, boşqa taşkilotlar uçun 1 500 söm bölişi taklif etilgan.
Loyihada aholi uçun elektr energiyasi (295 söm), tabiiy gaz (380 söm) va suyultirilgan gaz (1120 söm) tariflari amaldagi narxlarda özgarişsiz qolişi közda tutilgan.
Mazkur hujjatning qabul qilinişi bilan, gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallaştiriş boşlanişi kutilyapti. Tariflar sönggi 4 yildan buyon özgarmay qolayotgandi. Iqtisodçilarga köra, energetikadagi mavjud muammolarni sohada bozor mexanizmlarini joriy etmasdan turib töliq hal qilib bölmaydi. Bu esa investorlarni jalb qiliş uçun tarif islohotini taqozo qiladi.
Energetika sohasini liberallaştirişni uzoq vaqtdan buyon xalqaro taşkilotlar ham hukumatga tavsiya qilib keladi. Hozirda davlat energiya resurslarini aholiga öz tannarxidan ham arzonroq darajada yetkazib beriş uçun trillionlab subsidiyalar ajratadi va bu bilan Özbekiston dunyo miqyosida energetikaga eng köp subsidiya ajratadigan davlatlar qatorida turadi. Biroq sun’iy uşlab turilgan past narxlar sohaga xususiy investitsiyalarning kirib kelişiga tösqinlik qiladi.
Energetikani subsidiyalaş, şuningdek, ijtimoiy tengsizlikni ham rağbatlantiradi. Çunki aholining daromadi yuqori qatlami tabiiy ravişda köproq energiya sarflaydi (masalan, köplab energiya sarflaydigan texnikalarni öz içiga olgan bir neça qavatli uy), daromadi past oilalar esa – kamroq. Davlat energoresurslarni barça uçun birdek subsidiyalaşi natijasida, badavlat qatlam davlatdan bir neça barobar köproq miqdorda bilvosita subsidiya oladi.
Buni 2022 yilda e’lon qilingan rasmiy raqamlar ham tasdiqlaydi







