Bişkek prokuraturasi Qirğizistonda jurnalistik suriştiruvlar bilan şuğullanuvçi va boşqa ma’lumotlar bilan bir qatorda, Qirğizistondagi korrupsiya haqida bir neça bor xabar bergan «Kloop» mustaqil axborot portaliga egalik qiluvçi «Kloop Media» jamoat fondiga qarşi da’vo qözğatdi. Bu haqda 11 sentabr, duşanba kuni «Çegara bilmas muxbirlar» (RSF) xalqaro inson huquqlari taşkiloti xabar berdi. Hokimiyat bu jarayon bilan mamlakatdagi eng nufuzli OAVni yöq qilişga intilyapti, dedi «Çegara bilmas muxbirlar»ning Germaniya bölimi direktori Kristian Mihr.
«Naşr yopilişi hokimiyat özgargunga qadar Markaziy Osiyoda demokratik deb hisoblangan mamlakatda matbuot erkinligiga yana bir zarba böladi. Da’voni qaytarib oliş kerak», - deydi u.
Da’vo ötkazilgan suriştiruvdan söng qözğatilgan
Bişkek prokuraturasi 22 avgust kuni «Kloop Media»ga qarşi da’vo qözğatdi. Mahkamaning asosiy e’tirozi jamğarmaning OAV sifatida röyxatdan ötkazilmagani va öz ustavining buzilişi, bunda jurnalistlik faoliyati közda tutilmaganligidir. Qirğiziston qonunçiligida bunday qoidabuzarliklar sodir bölgan taqdirda ommaviy axborot vositalarini yopiş imkoniyati közda tutilgan, deya qayd etadi «Çegara bilmas muxbirlar».
Jamğarma rahbariyati qöyilgan ayblovlarni asossiz, prokuraturaning harakatlarini esa siyosiy sababga ega, deb hisoblaydi. Da’vo jurnalistlar tomonidan Japarovning qarindoşlari tomonidan daromadli loyiha – Ispaniyaning «Barselona» klubi uçun Qirğizistonda futbol akademiyasi qurilişi böyiça şartnomalar olingani haqidagi suriştiruvi e’lon qilingan kuni qözğatilgan. Bir neça kundan keyin Japarov intervyuda «Kloop» kabi OAV mamlakatga faqat zarar keltirişini va heç qanday foyda bermasligini aytdi.
Bir yilda Qirğiziston OAV erkinligi reytingida 50 poğonaga tuşib ketdi
«Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti ta’kidlaşiça, qözğatilgan iş 2021 yildan beri davom etayotgan matbuot erkinligining xavotirli yomonlaşuvi bir qismi böldi. Nisbatan xilma-xil ommaviy axborot vositalariga ega Qirğizistonda tanqidiy jurnalistlarga bosim kuçayib bormoqda, mustaqil matbuot nazorati oşmoqda va jamoatçilik tanqidi uçun maydon tobora çeklanmoqda, deydi huquq faollari. Ular, jumladan, ayrim mustaqil naşrlar va jurnalistlar ta’qibga uçraganini keltirib ötgan.
Qirğiziston hozirda «Çegara bilmas muxbirlar» taşkilotining matbuot erkinligi reytingida 180 davlat orasidan 122-örinni egallab turibdi. Şu bilan birga, mamlakat yil davomida 50 poğonaga pastladi, deya ta’kidlanadi ma’lumotda.











