Renessans ta’lim universiteti yangi 2023/2024 öquv yilini poytaxtning qulay nuqtasida joylaşgan yangi va zamonaviy kampusida boşladi. Universitetda qabul jarayonlari 30 sentabrgaça davom etadi.

Renessans ta’lim universiteti Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining 18.11.2022 № 049194 davlat litsenziyasi asosida taşkil etilgan bölib yuqori malakali bakalavriat talabalarini kunduzgi, sirtqi va keçki ta’lim şakllarida, şuningdek, ikkinçi mutaxassislik böyiça özbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi.

  • Kunduzgi ta’lim: 4 yillik ta’lim dasturidan iborat, darslar 9:00 – 14:00 oraliğida;
  • Keçki ta’lim: 4,5 yillik ta’lim dasturi asosida darslar soat 17:00 – 21:00 oraliğida;
  • Sirtqi ta’lim: 5 yillik ta’lim dasturidan iborat, darslar intensiv ravişda;

Ikkinçi mutaxassislik: 5 yillik ta’lim dasturidan iborat, kunduzgi va keçki ta’lim dasturlari kabi olib boriladi.

Universitetda:

  • filologiya, til va adabiyot;
  • xizmat körsatiş;
  • sport faoliyati;
  • pedagogika;
  • axborot texnologiyasi;
  • iqtisodiyot va biznes kabi 40 ga yaqin bakalavriat ta’lim yönalişlarida tahsil oliş mumkin.

Renessans ta’lim universitetida talabalar uçun bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgan. Masalan:

-        Har bir öquv yili yakunida tanlov asosida iqtidorli talabalar uçun bir yillik şartnoma miqdori oliygoh tomonidan qoplanadi.

-        Universitetda imtiyozli va çegirmali ovqatlaniş tizimi taşkil etiladi. Bayram kunlari taomlaniş bepul yölga qöyiladi.