Xitoyning Şinjon hukumati va texnologiyalar boşqarmasi tomonidan 36 nafar mutaxassislardan iborat Xitoy ilmiy-texnik delegatsiyasi Özbekistonga taşrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari mamlakatimizdagi Innovatsiyalar va sun’iy intellekt sanoat parkiga va Renessans ta’lim universitetida bölib, samarali muzokaralar olib borişdi. Xitoyning Şinjon texnologiya universiteti va Renessans ta’lim universiteti örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolanib, memorandum doirasida “Xalqaro ta’lim öqitiş markazi” oçildi.
“Bugun biz delegatsiyamiz bilan Renessans ta’lim universitetiga keldik. Şinjon texnologiya universiteti bilan Renessans ta’lim universiteti örtasida memorandum imzolandi va “Xalqaro ta’lim öqitiş markazi” oçildi. Bu yerga kelganimizda bizni universitet rektori va xodimlar judayam iliq va mehmondöstlik bilan kutib olişdi. Universitet oçilganiga hali köp bölmasada, qisqa vaqt içida köplab yönalişlarda talabalarga bilim berib yaxşi rivojlanişga erişibdi.
Bizning oldimizdagi vazifa endi Renessans ta’lim universiteti va Şinjon texnologiya universitetlari tomonidan imzolangan hamkorlik şartnomasini amaliyotda ham tezroq yölga qöyişdir.
Biz universitetdagi köplab talabalar xitoy tilini yaxşi öqib, Xitoyga borib biz bilan birga işlaşiga umid qilamiz. Şu bilan birga, tez orada öqituvçi va talabalar almaşinuvi dasturlarini yölga qöyamiz” dedi Urumçi texnologiyalar vazirligi boşliği Jin Fujiang.
Yuqori malakali bakalavriat talabalarini kunduzgi, sirtqi va keçki ta’lim şakllarda, şuningdek, ikkinçi mutaxassislik böyiça özbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaşni maqsad qilgan universitetda 10 mingga yaqin talabalar tahsil olişadi. Ularga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bitiruvçilari bölgan xalqaro va mahalliy professorlar dars berişadi. Jamoada 207 nafar: 27 nafar fan doktorlari, professorlar, 87 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 14 nafar doktorantlar, 79 nafar sohaning yetakçi mutaxassislari assissent, katta öqituvçilar faoliyat olib borişadi. Universitetning ilmiy salohiyati 56 foizini taşkil etadi.
“Maqsadimiz – ta’lim muassasamiz professorlarini Urumçi şahri ilmiy-tadqiqot işlari bilan taniştiriş va hamkorlik işlarini yölga qöyişdan iborat. Olib borayotgan ilmiy tadqiqot, pedagogik işlarimizda, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, qayta işlaş, tomçilatib suğoriş va yer kadastr tizimlarida axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etiş yönalişlarimizda ilmiy homkorlik işlari kelişib olindi. Natijada olib borilayotgan tadqiqot işlarimizni respublikamizda va Urumçidagi ilmiy tadqiqot markazlaridagi laboratoriyalarda sinovlardan ötkazişni yölga qöyamiz.






