Poytaxtimizda Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boşçiligida Renessans ta’lim universiteti tomonidan oliy ta’lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajribalar va innovatsion yondaşuvlarni tahlil qiliş, ularni milliy ta’lim tizimiga moslaştiriş yöllarini muhokama qiliş maqsadida “Oliy ta’limni taşkil etişda xorijiy tajribalar: transformatsiya va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  taşkil etildi.

Xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham ança keng böldi. Xususan, xalqaro konferensiya işida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq mahalliy vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan birgalikda, dunyoning Amerika Qöşma Ştatlari, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Şvetsiya, Rossiya, Meksika, Finlandiya, Bolgariya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Eron, Markaziy Osiyo hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligidavlatlaridagi nufuzli yetakçi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-öqituvçilari, taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, YuNeSKO kabi xalqaro taşkilotlarning mutaxassislari iştirok etdi.

Jumladan, YuNeSKOning Özbekistondagi vakili, Amerikaning nufuzli Jons Hopkins universiteti, Germaniyaning Drezden texnik universiteti, Rossiyaning Qozon federal universiteti, Finlandiyaning Yuvaskula kabi ilğor oliygohlaridan  taniqli professorlar qatnaşib, samarali muloqot olib bordi.

Xalqaro konferensiyasi doirasida mamlakatimiz va xorijdagi taniqli olimlar iştirokida ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Uşbu ma’ruzalarda oliy ta’lim tizimini takomillaştiriş, innovatsion yondaşuvlar joriy etiş va xorijiy tajribalarni örganiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, tadbir doirasida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va transformatsiya jarayonlarini amaliyotga tatbiq etiş böyiça tajriba almaşildi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Finlandiyadan taşrif buyurgan professor Ilhom Halimzoda Xalqaro konferensiya töğrisida iliq fikrlarni bildirdi:

“Uşbu xalqaro konferensiya meni juda xursand qildi. Unda turli mamlakatlardan köplab mutaxassislar iştirok etib, öz tajribalarini örtoqlaşdi. Qiziqarli munozaralar taşkil etildi. Öylaymanki, bu kelgusida ta’lim tizimimizni yanada rivojlantiriş uchun xizmat qiladi”.