Rossiyaning «Alrosa» kompaniyasi Yoqutistonning Anabar viloyatidagi Mayat olmos konidan sönggi 10 yil içida mamlakatdagi eng yirik qimmatbaho sifatli olmosni topdi.
Uning vazni 390,7 karatga teng. «Olmos nostandart şakldagi yengil kristall bölib, sariq-jigarrang hoşiya bilan çegaralangan. Uning oğirligi, şakli va rang kombinatsiyasi bugungi kunda noyobdir. Ilgari, oğirligi 401 karat bölgan eng yirik marvarid sifatli olmos 2013 yilda topilgan edi», deyiladi kompaniya xabarida.
Qimmatbaho toş Mayat konining Ebelyax uçastkasida olmosli qumlarni yuviş paytida topilgan. Kompaniya xodimlari rekord darajadagi olmos bilan bir qatorda klassik oktaedr şakliga ega, oğirligi 37,7 karat bölgan yirik, rangsiz olmosni ham topdi. Hozirgi vaqtda kristallar morfologik xususiyatlarini baholaş uçun ekspertizaga yuborilgan.
«Rossiya tarixidagi eng yirik olmoslardan birining topilişi, şubhasiz, misli körilmagan voqea va 2023 yilgi toğ-kon mavsumining ajoyib yakunidir. Mutaxassislar qazib olingan olmosning salohiyati va uning xususiyatlarini hali batafsil örganişi va baholaşi kerak, ammo, şubhasiz, bu bizning kompaniyamiz uçun ham, mamlakatdagi olmos sanoati uçun ham rekordçidir», dedi «Alrosa» boş direktori Pavel Mariniçev.
«Alrosa» - olmos qazib oliş va uning tasdiqlangan zaxiralari böyiça dunyoda yetakçi hisoblanadi. Kompaniya Rossiyaning 90 foiz va jahon olmos işlab çiqarişining 29 foiz uluşiga ega. Konlar Yakutiya va Arxangelsk viloyatida joylaşgan.












