1 oktyabrdan davlat xizmatlari joylarga chiqqan holda ko‘rsatiladi
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHM 50 foizi, viloyat markazlarida BHM 40 foizi, tuman (shahar)larda BHM 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

Foto: Zarnews.uz
Joriy yil 1 oktyabrdan davlat xizmatlari joylarga chiqqan holda ko‘rsatiladi. Adliya vazirligi davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Davlat xizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markaziga (“Call-markaz”) yoki uning rasmiy veb-saytiga murojaat qilish orqali ko‘rsatiladi.
“Call-markaz” orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi. Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.
O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishga;
O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
O‘zbekiston | 11:38
-
RFPI bosh direktori Dmitriyev muzokaralar uchun AQShga tashrif buyurishi mumkin
Jahon | 11:29
-
«Real» 8 gol urilgan o‘yinda finalga chiqdi, Saka qaytishini gol bilan nishonladi. Kun o‘yinlari
Sport | 11:23
-
Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi
Iqtisodiyot | 11:19
Mavzuga oid

22:15 / 12.03.2025
Malibu'dan Tahoe'gacha – amaldorlarning “inomarka”lari qanday avtomobilga almashdi?

16:34 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:45 / 20.02.2025