“Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga köra, Özbekiston va Qatar davlati hukumatlari örtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand şahrida imzolangan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oşirilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.












