2005 yillardan buyoğini bir tahlil qilsak, kontrakt narxlari tartibsiz özgargan, aynan bir qonun-qoidasi yöq. 2007 yilda Yuridik universitetda kontrakt birdaniga 2 barobar oşirilganini yaxşi eslayman. 2019 yilda kontraktlar ilk marta eng kam oylik iş haqiga boğlandi, şunga mutanosib tarzda oşiriladi, deyildi. Va öşa yili kontraktlar 18 foizga oşirildi, ammo iş haqi 10 foizga oşgan edi va köpçilik şu miqdorni kutgandi. Rosa töpolon bölgandi. 2020 yilda özgarmadi, darslar onlayn bölgani uçun çegirma ham qilindi. 2021 yilda esa 10 foizga oşdi va vaksina olganlarga 10 foiz çegirma berişdi. Şundan keyin miqdor oşgani yöq.

2019 yilda pedagogika yönalişlarida kontrakt 5 mln 900 ming atrofida bölgan bölsa, hozirda 6 mln 400 mingdan ziyodroq. Farq – 500 ming söm atrofida.

Narx uşlab turiş ortidan butunlay notöğri yölga kirib ketdik. OTMning xarajati va foydasi uçma-uç bölib qolyapti, foyda yöq. Davlatdan pul söralsa, qança sarflayapsan, deydi, 10 söm desa, talabadan 6 söm olyapsan, qolgan 4 sömni beraman, deydi. Foyda yöq.

Bunaqada universitet yoki institut qanday rivojlanadi? Biz havas qiladigan, andoza olişga urinayotgan top universitetlar ham foyda evaziga rivojlangan. Töğri, ular daromadining asosiy qismini kontraktlar emas, ilm bilan boğliq, lekin ilmdan foyda qiladigan darajaga çiqib oliş uçun ham sarmoya kiritiş kerak.

Eng katta xarajat oylik maoşlar bölib, eng katta daromad kontraktlardan bölgandan keyin, albatta, bular bir-biriga boğliq. Kontraktlardan tuşgan mablağ oylik maoşga yönaltiriladi. Talabalar 4 yildan beri deyarli bir xil summa tölayaptimi, öqituvçining ham oyligi oşmaydi. Inflatsiya, narx-navo masalasi bor. Talaba uçun yaxşi, lekin öqituvçiga yomon. Oxirgi vaqtlarda şaxsan men tanigan önlab ilmli professorlar xususiy oliygohlarga ötib ketdi.

Xuşnudbek Xudoyberdiyev,
huquqşunos

Yuqoridagi fikrlar Xuşnudbek Xudoyberdiyevning Kun.uz saytiga bergan intervyusidan olingan.