Xitoyning Afğonistondagi yangi elçisi Zao Şeng “Tolibon” hukumatidagi boş vazir Muhammad Hasan Ohund bilan körişmoqda. / Foto: “Tolibon” boş vazirining matbuot xizmati

Mana, kutilmaganda Xitoy Xalq Respublikasi Kobulga rasman özining elçisini yubordi. Bu bilan Pekin boşqa qudratli davlatlar bilan özaro norasmiy kelişuvlarini buzdi. Xitoy “Tolibon”ni rasman tan olmasdan, bosqiçma-bosqiç legallaştiriş taktikasini qöllamoqda.

Endi hademay Rossiya va boşqa davlatlar ham özlarining yangi elçilarini yuboriş ehtimoli oşdi. Aniqlaştiriş kerakki, şu paytgaça Kobulda eski elçilar ötiribdi. Bu elçilar oldingi afğon prezidenti Aşraf Ğaniga işonç yorliqlarini topşirgandi. Birinçi bölib Xitoy özining elçisini yangilamoqda va “Tolibon”ga işonç yorliqlarini topşirmoqda.

Dunyoda geosiyosiy diffuziya, tarqoqlik va ziddiyatlar juda tez kuçaymoqda, sifat jihatidan oşmoqda.

Qiyoslaş uçun, “Tolibon”ning birinçi versiyasi (1996-2001 y.) hokimiyatga kelganda, bu rejimni birinçi bölib uçta musulmon davlati tan olgandi. Bular – Pokiston, Saudiya Arabistoni va Arab Amirligi edi. Ya’ni asosiy motiv – geomafkura: “Afğoniston hokimiyatiga islomiy kuçlar kelib qolibdi, albatta tan olamiz va qöllab-quvvatlaymiz... Zero bizlar ham musulmon davlatlarimiz”.

Bu safar esa, “Tolibon”ga birinçi bölib Xitoy elçi yubordi. Rossiya ham toliblar bilan ança oş-qatiq. Oldingi uçta va boşqa musulmon davlatlari esa, u qadar hissiyotga berilişmadi.

Demak, bu safar eng asosiy motiv – geosiyosat: “Qaysi dinga e’tiqod qilsang ham, katta maydonda kim senga döst-u, kim duşman – mana şunisi muhim”.