2023 yil 4 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida haydovchi Akbarxöja Xoliqovning arizasiga binoan unga nisbatan qöllangan jarima bilan boğliq iş körib çiqildi. Sudda Kun.uz muxbiri ham iştirok etdi.
Ma’lum bölişiça, 2023 yilning 24 iyul kuni soat 14:06da tegişli litsenziya asosida taksiçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi Akbarxöja Xoliqov mijozni manzilga yetkazib qöyiş maqsadida Cobalt maşinasida Çilonzor tumani prokuraturasi qarşisida 3.2-harakatni taqiqlovçi yöl belgisi örnatilgan köçaga kirgan. Hududda xizmat olib borayotgan inspektor Murodullo Muhammedov haydovçiga qarama-qarşi yölda harakatlanganini aytib, bayonnoma rasmiylaştirgan.
Şu tariqa, Toşkent şahar IIB YHXBning 2023 yil 23 avgustdagi qarori bilan taksi haydovçisi MJtKning 1285-moddasi 2-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 3,3 mln söm jarima qöllangan.
MJtKning 1285-moddasi 2-qismida transport vositalari haydovçilarining yölning qarama-qarşi harakatlanish uçun möljallangan tomoniga yoki bölagiga yöl harakati qoidalarini buzgan holda çiqişi, xuddi şuningdek avariya holati yuzaga kelişiga sabab bölgan, ya’ni yöl harakatining boşqa qatnaşçilarini tezlikni, harakat yönalişini keskin özgartirişga yoki öz xavfsizligini yoxud boşqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaş uçun özga çoralarni körişga majbur qiluvçi huquqbuzar nazarda tutilgan.
Biroq haydovchi Akbarxöja Xoliqov yölning qarama-qarşi tomonida harakatlanmaganligini, 3.2 taqiqlovçi belgisi örnatilgan köçaga kirganini va yöl harakati qoidalariga binoan taksi haydovçisi sifatida bunga haqli ekanini aytib, YHXB qarorini bekor qilişni söragan holda ariza bilan sudga murojaat qilgan.

Amaldagi yöl harakati qoidalariga köra, 3.2 yöl belgisi taqiqlovçi yöl belgilari sirasiga kiradi. 3.2-3.8 belgilari ta’sir oraliğida joylaşgan korxonalarga xizmat körsatuvçi transport vositalariga, şuningdek, uşbu belgilar ta’sir oraliğida yaşovçi yoki işlovçi fuqarolarga xizmat qiluvçi yoki ularga tegişli bölgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin çorrahadan kirib yoki çiqib ketişlari kerak böladi. Şuningdek, uşbu taqiqlovçi yöl belgisi talablari jamoat transportlariga (avtobus, trolleybus, tramvay va yönalişli taksilarga) hamda nogironlar boşqaradigan avtomobillarga ta’siri yöqligi qayd










