15 sentabr kuni yangi Central Asian Expo Uzbekistan ko‘rgazma majmuasining rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

CAEx Uzbekistan ko‘rgazma markazi to‘g‘risida

Central Asian Expo (CAEx) – yangi va o‘ta zamonaviy inshoot, betakror ko‘p funksiyali ko‘rgazma paviloniga ega biznes-maydonni o‘zida uyg‘unlashtirgan bo‘lib, u har qanday format va murakkablikdagi loyihalar uchun moslashtirilishi mumkin.

CAEx — biznesga yangi nazar, yangi g‘oyalar va mahoratga ega insonlarni jalb qilish markazi. Bu mahsulot, biznes madaniyati va bevosita O‘zbekiston evolyutsiyasi ro‘y beradigan maskan. Yangi me’morchilik, yangi imkoniyat, lekin mamlakat tarixiga ehtirom saqlangan holda yaratilgan.

Brendning missiyasi

O‘zbekiston yangilanishining tom ma’nodagi timsoli bo‘lish.

Bu:

1. O‘zbekistonda biznes-iqlim rivojlanishiga hissa qo‘shishni

2. Qulay biznes-muhitni shakllantirish va mamlakat madaniyat biznes-madaniyatini takomillashtirishni

3. Raqobat muhiti rivojlanishiga qulay sharoit yaratishni ko‘zda tutadi.

CAEx Uzbekistan Osiyo dunyosi, uning madaniy merosi va yangi imkoniyatlari olamiga chinakam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Mintaqaning qoq yuragida joylashgan CAEx Osiyoning yangi qirralarini ochib, uning salohiyati, betakrorlik va integratsiyaga qobiliyatini namoyon qiladi.

Xalqaro kompaniya vakili Mario Pin’yero yangi majmuaning xalqaro darajadagi tadbirlarga mo‘ljallangani haqida gapirib berdi:

«Hozirgi kunning eng zamonaviy va yangi maskanining ochilish marosimida ekanimdan mamnunman. Marosimda 300dan ziyod xorijlik mehmon: 60dan ziyod Yevropa, Janubiy Amerika Osiyo davlatlaridan tashrif buyurgan va bu yangi obektda hamma narsa qiziqarli – Markaziy Osiyo geografik jihatdan yaxshi joylashuv pozitsiyasiga ega.