Akademik, adabiyotşunos olim, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Naim Karimov 91 yoşda vafot etdi. Bu haqda uyuşma matbuot xizmati xabar berdi.
Naim Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 1955 yilda Örta Osiyo davlat universitetining (hozirgi ÖzMU) filologiya fakultetini tamomlagan.
1990 yildan Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida bölim mudiri bölib işlagan. 1993 yilda unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, 1994 yilda esa professor ilmiy unvoni berilgan. 1996 yilda Özbekistan Respublikasi fan arbobi bölgan.
Naim Karimov XX asr özbek adabiyoti taraqqiyoti xususiyatlarini oçiş borasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U şu davrdagi özbek adabiyoti va uning yirik vakillari ijodini milliy ğoya mezonlari asosida örganiş işini birinçilardan bölib boşlab bergan.
Naim Karimov Oybek, Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Hamzaning köp jildli akademik naşrlarini tayyorlaş va naşr etişda iştirok etgan. Örta maktab öquvçilari va oliy öquv yurti talabalari uçun özbek adabiyotidan darsliklar yozgan.
Naim Karimov Özbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati raisi (1999 yildan). Mustamlakaçilik davri qurbonlari xotirasini abadiylaştiriş komissiyasi va «Şahidlar xotirasi» xayriya jamğarmasi kengaşi raisi (1999 yildan), «Qatağon qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori (2002 yildan).
Beruniy nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1999).

Kun.uz marhumning oilasi va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.









