Turkiyaning Malatya şahrida fevral oyida röy bergan zilzilalardan zararlangan köp qavatli binolar portlovçi moddalar yordamida bir vaqtning özida buzib taşlandi.

9 ta 15 qavatli uyni buzib taşlaş uçun 1 tonna 660 kg miqdoridagi portlovçi moddalar va 30 mingta detonator talab etilgan. Barça binolar bir vaqtning özida qulab tuşgan.

TRT telekanali xabariga köra, portlaş ovozi şaharning köplab tumanlarida eşitilgan. «Snos»dan keyin tumanni eslatuvçi ulkan çang buluti hosil bölgan.

Mutaxasislar turar joylar yaşaş uçun yaroqsiz deb topganidan keyin rasmiylar uylarni buzib taşlaşga qaror qilgan. Zilziladan keyin Malatyada jami olti mingga yaqin bino buzilgan.

Joriy yil fevralida Turkiyada röy bergan kuçli zilzila (7,8 va 7,5 magnitudali) oqibatida 50 ming kişi halok bölgan, qöşni Suriyada qurbonlar soni yetti mingga yaqinni taşkil etgandi.