Bir neça kun oldin Qoraboğda etnik armanlar tomonidan prezidentlik saylovi ötkazildi. Ammo dunyo davlatlari, şuningdek, Rossiya ham bu saylovlarni tan olmadi. Lekin saylovning ötişi rasmiy Yerevan yangi geosiyosiy öyin boşlaganini bildiradi.

2020 yildagi 44 kunlik uruşda Armanistonning yutqazişi Yerevandagi elita tomonidan juda oğriqli qabul qilindi. Bundan keyin mintaqaviy qudratli kuçlar bölmiş Turkiya, Xitoy va Rossiya iştiroki va bosimida Qoraboğni beramiz degan tafakkur paydo bölgan edi. Ammo bugun ularda yangi bir umid paydo bölyapti.

Armaniston Rossiyadan uzoqlaşyapti, bu strategik uzoqlaşuv, Paşinyandan boşqa siyosatçi kelsa ham, şunday davom etadi, çunki Rossiyadan kuçli arazlagan. Rossiya har qanday holatda ham Qoraboğ Armanistonga tegişli degan pozitsiyada böladi deb öylaşgan edi. Öşa vaqtda Rossiya hukumati ham aralaşmadi va Qoraboğni Ozarboyjonga tegişli deb tan oldi. Agar Ozarboyjon Armanistonning hududiga tahdid qilsagina KXŞT aralaşadi, degan ma’noda bayonot berdi.

Saylovlardan keyin Armanistonda umid paydo bölyaptiki, Ğarb bilan yaqinlaşuv fonida Qoraboğga yangi maqom berilar, degan. Lekin menimça, buning iloji yöq. Bamisoli Armaniston Isroilga öxşab (Isroil yillar davomida Falastin yerlarini egallab olgandek) Qoraboğni saqlab qoliş imkoniyati böladi degan umidi bölişi mumkin, lekin öylaymanki, buning iloji yöq. Çunki asosiy öyinçi bölmiş AQŞ saylovni mutlaq tan olmadi va bunday keyin ham şunday böladi. Agar tan olsa, AQŞ va kollektiv Ğarb manfaatlari uçun ziddiyatli vaziyatlar köpayib ketadi.

Kamoliddin Rabbimov,
Siyosiy tahlilçi

Yuqoridagi fikrlar Kamoliddin Rabbimovning Kun.uz saytiga bergan intervyusidan olingan.