Financial Times naşrining yozişiça, Rossiya hukumati Ukrainada keng kölamli harbiy harakatlar boşlanganidan söng mamlakatni tark etmagan ğarb işlab çiqaruvçilari uçun foyda oliş imkoniyatini tösib qöygan. Naşr 18 sentabr, duşanba kuni Kiyev iqtisodiyot maktabi (KIM) ma’lumotlariga tayanib yozişiça, 2022 yilda Rossiyada xorijiy firmalar işlab topgan jami 20 milliard dollarning 18 milliard dollari «döst bölmagan» deb ataluvçi mamlakatlar kompaniyalari hissasiga töğri kelgan.
2022 yilda Rossiyada xorijiy firmalarning umumiy yalpi daromadi 217 milliard dollarni taşkil etdi, şundan 199 milliard dollari «döst bölmagan» mamlakatlar kompaniyalari hissasiga töğri keldi. «Rossiyada önlab milliardlab dollar qolib ketgan. Ularni olib çiqişning iloji yöq», dedi «döst bölmagan mamlakat»dan yirik kompaniyaning ijroçi direktori FT’ga. Şu bilan birga, eng katta foydani Amerika (4,9 milliard dollar) va Germaniya (2,4 milliard dollar) kompaniyalari, alohida firmalar orasida esa Avstriyaning Raiffeisen Bank banki (2 milliard dollar), Amerikaning Philipp Morris (775 million dollar) va PepsiCo (718 million dollar), şuningdek, Şvetsiyaning yuk maşinalari işlab çiqaruvçi Scania (621 million dollar) şirkati olgan.
Rossiya hukumatlarga bosim ötkaziş uçun ğarb firmalarining pullaridan foydalanişi mumkin
Rossiyada «döst bölmagan» deb tan olingan davlatlarga bosim ötkaziş maqsadida Kreml kompaniyalarning pullarini bloklab qöydi. Bu 2022 yilda «döst bölmagan» mamlakatlar kompaniyalariga dividendlar tölaş taqiqlanganidan keyin sodir böldi, deb xabar qilmoqda FT. Gazeta qayd etişiça, bu qoidadan istisnolar bölişi mumkin, ammo ular kam. Naşrning yozişiça, Rossiya rasmiylari bunday operatsiyalar uçun ruxsatnomalardan «yaxşi xulq-atvor», jumladan, Rossiyada qoliş istagi uçun mukofot sifatida foydalanadi.
Berlindagi Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari Karnegi markazi ilmiy xodimi Aleksandra Prokopenkoga köra, Moskva Rossiyadan pullarini qaytarişga intilayotgan ğarb firmalaridan Rossiya aktivlarini oliş uçun ğarb davlatlari rasmiylariga bosim ötkaziş vositasi sifatida foydalanişga urinişi mumkin.
Şu bilan birga, ayrim kompaniyalar uşbu mablağlarni Rossiyadan olib çiqişga muvaffaq böldi. Xususan, Amerikaning Mars korporatsiyasi Rossiyadagi şu’ba korxonasi boş konserniga dividendlarning 56,1 foizini tölab, «ularni öz qarzlaridan qoplagan», deya ta’kidlanadi ma’lumotda. «Döst» mamlakatlarning ba’zi kompaniyalari ham Rossiyadan pullarini olib çiqib ketişda muammolarga duç kelyapti, deb ta’kidlaydi FT.













