Turizm qömitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» davlat unitar korxonasi direktori D.Samandarova tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullangan. Jumladan, u Avtoimkon Trade MÇJ ta’sisçilaridan biri bölgan.
Qayd qilinişiça, 20 sentabr kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Turizm qömitasiga uşbu holatga taalluqli taqdimnoma kelib tuşgan. Unda D.Samandarovaning Avtoimkon Trade MÇJ ta’sisçiligidagi faoliyatini tugatiş, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmaslik va kelgusida şu kabi holatlarga yöl qöymaslik haqida rasman ogohlantiriş ötkaziş va tuşuntiriş işlari olib boriş çoralarini köriş söralgan.
Taqdimnomaga binoan Turizm qömitasi işçi guruh tuzgani va xizmat tekşiruvi olib borilayotganini ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi «Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlangan mansabdor şaxslarning röyxati töğrisida»gi qaroriga asosan davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining, huquqni muhofaza qiliş organlarining xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi taqiqlangan.
Şu bilan birga, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 4-moddasiga asosan davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qonunçilikda man etilgan boşqa şaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bölişi mumkin emas.
Şuningdek, «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunga köra, davlat fuqarolik xizmatçisi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini taşkil etişga, ularning muassisi (iştirokçisi) bölişga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida taşkiliy-boşqaruv, ma’muriy-xöjalik vazifalarini bajarişga haqli emas.











