Vazirlar Mahkamasining «Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 22 sentabr kuni Özbekistonda «Avtomobilsiz kun» ötkaziladi. 

Tadbirdan asosiy maqsad avtomobillardan çiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosfera ifloslanişini kamaytirişga hissa qöşiş, qolaversa, piyoda yuriş va velosipedda sayr qilişni keng tarğib etişdan iborat. 

«Avtomobilsiz kun»da şaxsiy avtomobillar örniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferani kamroq ifloslantiradigan transport vositalaridan foydalaniş tavsiya etiladi.