Germaniyada nafaqat mamlakatdagi yoşlar uçun, balki xorijlik talabalar uçun ham oliy ta’lim bepul. Bunga erişiş uçun mamlakat bir qança ön yillik tajribani boşidan ötkazgan.

Dastlab, oliy ta’limni bepul qiliş harakatlari 1949 yilda boşlangan. Natijada Germaniya öz davri uçun kollej ta’limi tölovi eng arzon davlatga aylanadi. 1971 yilda esa davlat moliyaviy yordam tizimini işlab çiqqan sotsial demokratlar tomonidan öquv tölovlari nolga tuşiriladi. Maqsad: iqtisodiy statusidan qat’i nazar, barçaning birday sifatli ta’lim olişiga erişiş edi.

1976 yilda esa mamlakat kollej va universitetlarida öquv tölovlarini olişni qonunan taqiqlaşga oid qonun işlab çiqiladi. Lekin baribir ma’lum muddat keyingi bir neça ön yillikda ta’lim butunlay bepul bölişi uçun vaqt kerak böladi. Nihoyat, 2015 yilda ta’lim islohotlaridan keyin Quyi Saksoniyada öquv tölovi bekor qilinadi va şuning bilan Germaniya oliy ta’limi tölaligiça bepul bölgan davlatga aylanadi.

Kontrakt bölmasa, universitetlar pulni qayerdan oladi?

Germaniyada ta’lim davlat tomonidan moliyalaştiriladi. Davlat ajratadigan pulga oliy ta’lim taşkilotlari mahalliy va xalqaro talabalarni ham bepul öqita oladi.

Germaniyada hamma universitet bepulmi?

Yöq, hamma universitetlar emas, davlat oliy ta’lim muassasalari bepul. Lekin mamlakatda faoliyat yuritadigan xususiy OTM öqiş uçun kontrakt narxlarini özlari mustaqil tarzda belgilaydi. Germaniyada 300 dan ortiq davlat universitetlari faoliyat yuritadi, sifatli ta’lim oliş uçun ulardan birini tanlaş mumkin.

Mamlakatda oliy ta’lim bepul degani ta’lim sifatsiz ekanini anglatmaydi. Top universitetlar reytinglarida Germaniyaning davlat universitetlarini topiş mumkin. Ta’lim bepulligidan asosiy maqsad davlatning ta’limga savdo mahsuloti sifatida qaramasligi bilan boğliq.

Masalan, QS reytingida:

  • Frankfurt moliya va menejment maktabi – 48-örinda;
  • Myunxen Texnik universiteti – 49-örinda;
  • Ludvig Maksimilians universiteti Myunxen – 59-örinda;
  • Heidelberg universiteti – 65-örinda;
  • Berlin Frei universiteti – 118-örinda qayd