Prezident Şavkat Mirziyoyev Çust tumanida önlab bolalarda zaharlaniş qayd etilişi bilan boğliq holat yuzasidan munosabat bildirdi.

«Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Çust tumanida yuz bergan bolalar soğliği bilan boğliq noxuş holatdan qattiq taşvişda, ular tez fursatda soğayib ketişini tilaydi.

Davlat rahbari bu boradagi vaziyat töğrisida axborotni muntazam olib bormoqda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga oliş, sabablarini aniqlaş va tegişli takliflar kiritiş böyiça topşiriqlar berilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

21 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgani xabar berilgan edi. Jami 71 nafar bolaning soğliğidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.

22 sentabr kuni bunday holatlar boşqa tumanlar va Andijon viloyatida ham kuzatilayotgani töğrisida xabarlar kela boşladi. Kun oxiriga kelib Soğliqni saqlaş vazirligi bolalar salomatligi yomonlaşişiga sabab qilib körsatilayotgan kaliy yod preparati iste’molini laboratoriya xulosalari çiqqunga qadar zudlik bilan vaqtinça töxtatib turiş haqida topşiriq berdi.