Belgiyada Markaziy Osiyo davlatlari elchilari Federika Mogerini bilan uchrashdi
Belgiyada Markaziy Osiyo davlatlari elchilari Yevropa Diplomatiya akademiyasi rahbari va tinglovchilari bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo AA
Joriy yil 22 sentabr kuni Belgiyaning Bryugge shahridagi Yevropa kollejida Markaziy Osiyo davlatlari elchilari Yevropaning yetakchi diplomatiya akademiyasi rektori, Yevropa Ittifoqining 2014-2019 yillardagi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini hamda Diplomatiya akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Yevropa Ittifoqining turli davlatlaridan kelgan diplomatlar bilan suhbat mavzusi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga bag‘ishlandi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston elchixonasi vakillari hozir bo‘ldi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yevropalik yosh diplomatlarni Yevropa Ittifoqining tashqi siyosiy faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirish, ularning mintaqaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa diplomatiya muassasalari o‘rtasida o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish uchun bevosita aloqalarni rivojlantirish bilan izohlanadi.
Uchrashuv ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, rektor Federika Mogerini Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun tobora muhim mintaqaga aylanib borayotganini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo munosabatlaridagi ijobiy tamoyillar, mintaqa barqarorligi va farovonligini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi

14:15 / 09.04.2025
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi

12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi

18:44 / 02.04.2025