Rossiya Taşqi işlar vazirligi Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning 24 sentabrda mustaqillik haqidagi murojaatini «Moskva rad etişini» bildirdi.
«Armaniston Respublikasi boş vaziri Paşinyanning 2023 yil 24 sentabrda mustaqillik haqidagi murojaati Rossiyaga qarşi qabul qilib bölmaydigan bayonotlarni öz içiga oladi va uni rad etişdan boşqa heç narsaga sabab bölolmaydi. Içki va taşqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklar uçun javobgarlikni öz zimmasidan soqit qilişga, aybni Moskvaga tönkaşga uriniş körinib turibdi», deyiladi Taşqi işlar vazirligi bayonotida.
Bayonotda aytilişiça, «Paşinyanning sönggi gaplari Rossiya Federatsiyasining Ğarbdan ilhomlantirilgan va rasmiy Yerevan tomonidan turtkilangan, [Rossiya bilan] öz mamlakati va ittifoqdoşlik munosabatlari uçun buzğunçi bölgan jarayonlar epizodik emas, balki tizimli xarakterga ega ekani haqidagi oldingi xulosalarini tasdiqlaydi».
Armaniston hukumati rahbari, aslida, bu vaqt davomida respublika ataylab Rossiyadan yuz ögirişga tayyorgarlik körganini tan oldi, deb ta’kidladi Rossiya TIV.
«Armaniston taraqqiyotining yangi ğarbiy vektorini belgilaşga qaratilgan qadamlar Rossiya Federatsiyasi va KXŞT tomonidan göyoki yöl qöyilgani aytilgan xatolar bilan izohlangan. Şu bilan birga, bizning mamlakatlarda xavfsizlik va taraqqiyot masalalarida manfaatlar öxşaş ekani esdan çiqarilyapti. AQŞ va NATO davlatlari esa nafaqat Rossiyaga strategik zarar yetkaziş, balki umumiy Yevrosiyo makonini beqarorlaştirişni maqsad qilgan», deyiladi bayonotda.








