Namangan viloyati, Çust tumanida doridan zaharlangani taxmin qilinib, şifoxonaga yotqizilgan bolalarning barçasi soğayib, uyiga qaytdi. Bu haqda soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.
«Namanganda zaharlangani aytilgan bolalarning barçasi soğayib, bugungi kunda uyiga qaytarilgan. Heç bir bolaning ahvoli oğir emas», deb Kun.uz muxbiri uning sözlaridan iqtibos keltirdi.
Vazir sözlariga köra, Namanganda bolalarning ommaviy zaharlanişi bilan boğliq holat töliq örganib çiqilgan. «Tez orada barça savollarga javob beriladi».
Avvalroq, Namanganda bolalarning kasallaniş holati bilan boğliq 450 ta murojaat kelib tuşgani, ularning eng köpi — 306 tasi Çust tumaniga töğri kelgani, 143 nafari tuzalib, qolganlari esa muntazam nazorat ostida ekani, ahvoli oğirlar yöqligi aytilgan edi.
Şu bilan birga, Soğliqni saqlaş vazirligi Namanganda önlab bolalarning salomatligi yomonlaşişiga sabab qilib körsatilayotgan «Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)» dori vositasi iste’molini laboratoriya xulosalari çiqqunga qadar zudlik bilan vaqtinça töxtatib turiş haqida topşiriq bergan edi.









