Belujiston rasmiylari masjid hududidagi portlaş xudkuş tomonidan sodir etilganini xabar qilingan, terrorçi masjid atrofiga qöyilgan politsiya avtomobili yonida özini portlatib yuborgan.

Masjidda payğambar Muhammad (s.a.v) tuğilgan kunini nişonlaş uçun yiğilgan dindorlar uşbu hujum nişoniga aylangan. Qurbonlar orasida politsiya zobitlari ham bor.

Hozirça bu portlaş uçun javobgarlikni heç bir taşkilot öz zimmasiga olmagan, ammo bungaça Belujistonda tez-tez Pokistondagi «Tolibon» va IŞID radikal guruhlari tomonidan hujumlar amalga oşirilgan.

Bunday hujumlarning sönggisi sentabr oyi boşida röy bergandi. Öşanda portlaş oqibatida 11 kişi yaralangan, jumladan mahalliy diniy rahnamolar ham.

Belujiston – Pokistonning eng yirik viloyati bölib, Afğoniston va Eron bilan çegaradoş.

Peşavor yaqinida sodir etilgan ikkinçi portlaş haqida hozirça ma’lumot kam. Hozirça beş kişining ölimi tasdiqlangan.

Bu yerda qutqaruvçilar qulab tuşgan masjid xarobalarida işlaşmoqda. Mahalliy rasmiylar omon qolganlarni topiş ehtimoli deyarli yöqligini aytişmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, bino qulagan mahalda uning içida juma namoziga kelgan 40 dan ortiq kişi bölgan.

Pokistonda masjidlarga qilingan sönggi hujum şu yil yanvariga töğri keladi, öşanda ham bu Peşavorda röy bergandi. Öşanda xudkuş terrorçi sodir etgan terakt 100 kişi hayotiga zomin bölgandi.

Portlaşlarning yangi seriyasi Pokiston hukumati 2024 yil yanvariga belgilangan umummilliy saylovlar arafasida xavfsizlik çoralarini kuçaytirişga urinişi fonida röy bermoqda.

Iyul oyi oxirida saylovoldi mitinglaridan biri vaqtida portlaş oqibatida 40 dan ortiq kişi halok bölgandi.

Kuzatuvçilar fikriça, ekstremistlar uşbu aksiya uçun şu kunni tanlaşi bejiz emas: bu juma payğambar tuğilgan kuni munosabati bilan dam oliş kuni deb e’lon qilingan va terrorçilar hukumatga xavfsizlik tizimidagi zaiflikni namoyiş etişgan.

Pokistondagi «jihodçilar» kimlar?

Belujistonda 100 dan ortiq kişi jarohatlangan, ular regiondagi turli şifoxonalar böylab taqsimlangan.