AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukrainaga yordamni nazarda tutmaydigan budjet loyihasini ma’qulladi
Hujjat Senat tomonidan tasdiqlansa kuchga kiradi.

Foto: Getty Images
AQSh Kongressining Vakillar palatasi hukumatning Ukrainaga pul ajratishni nazarda tutmaydigan 45 kunlik moliyalashtirish loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Vakillar palatasi a’zosi, respublikachi Patrik MakHenri so‘zlariga tayanib, Washington Post (WP) xabar berdi.
Hujjat Senat tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. Agar parlamentariylar 1 oktyabr yarim tungacha (Toshkent vaqti bilan 9:00) kelishuvga erisha olmasa, AQSh hukumati ishi qisman to‘xtatiladi.
Vakillar palatasining 335 a’zosi moliyalashtirish loyihasini yoqlab, 209 nafari qarshi ovoz bergan. Tasdiqlangan loyiha, xususan, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, suv toshqinidan sug‘urta qilish federal dasturi va Federal fuqarolik aviatsiya boshqarmasi (FAA) faoliyatini qayta tiklashga sarflanadigan mablag‘larni o‘z ichiga oladi.
30 sentabr kuni erta tongda respublikachi Tom Koul vakillar palatasiga Ukrainaga yordamni nazarda tutmaydigan, hukumatni moliyalashtirish to‘g‘risidagi 45 kunlik qonun loyihasi kiritilganini ma’lum qildi.
Vakillar palatasidan farqli o‘laroq demokratlar ko‘pchiligiga ega bo‘lgan Senat Ukrainaga 6,15 milliard dollar yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan hukumatni moliyalashtirish rezolyutsiyasini ko‘rib chiqmoqda. Yuqori palatadagi ozchiliklar yetakchisi Mitch MakKonnellning aytishicha, Senatdagi respublikachilar demokratlar tashabbusiga to‘sqinlik qiladi.
Oq uy va respublikachilar hukumat ishining ehtimoliy to‘xtab qolishida bir-birini ayblamoqda. AQSh prezidenti Jozef Baydenning fikricha, uning oqibatlari mamlakat uchun halokatli bo‘lishi mumkin. Ukrainaga yordam ko‘rsatish - tomonlar kelishuvga erisha olmayotgan bahsli mavzulardan biri. Oq uy ushbu maqsadlar uchun 24 milliard dollar ajratishni taklif qilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
-
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi
O‘zbekiston | 13:15
-
🔴LIVE: Putinning qasos va’dasi va Tramp–Mask nizosi | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 13:11
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
Mavzuga oid

13:16
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

11:52
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

10:22
Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

09:41