2 oktyabr, duşanba kuni Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan Rossiya bozoridagi 50 ta eng yirik xorijiy kompaniyalar röyxati Ukrainadagi uruş va tegişli sanksiyalar fonida deyarli yarmiga yangilandi. Naşr ta’kidlaşiça, 2022 yilgi reyting iştirokçilari bölgan 22 kompaniya Rossiyani tark etgan yoki u yerda faoliyatini töxtatgan. Ularning röyxatdagi örnini Xitoy, Turkiya va Belarusdan bölgan raqobatçilar egalladi.
Reytingda birinçi örinni 2022 yilda ikkinçi poğonada bölgan «Lerua Merlen» uy-rözğor buyumlari çakana savdo tarmoği egallab turibdi. «Sobiq yetakçi - Germaniyaning Volkswagen Group avtomobil işlab çiqaruvçisi Rossiya bozorini tark etdi», deb eslatadi Forbes.
Ğarb kompaniyalari köpçilikni taşkil qiladi
Ayni paytda, «Lerua Merlen» keyingi yil reytingda bölmaydi, deya ta’kidlamoqda jurnalistlar. 2023 yil mart oyida kompaniya Rossiya biznesi ustidan nazoratni mahalliy boşqaruvga topşirişni rejalaştirayotganini e’lon qildi. Ötgan yilgi reytingda Rossiyani tark etgan iştirokçilar orasida Volkswagen Group’dan taşqari Renault (2022 yilgi reytingda 3-örin), Apple (5-örin), Toyota Motor (yettinçi raqam), Samsung Electronics (9-örin) va boşqa kompaniyalar bor.
Şu bilan birga, Xitoyning Rossiyadagi iştiroki kengayganiga qaramay, Ğarb korxonalari hali ham Forbes röyxatida köpçilikni taşkil qiladi. Şu tariqa, AQŞdan - 8 ta, Germaniya va Fransiyadan - 5 ta, Şveytsariya va Niderlandiyadan - 4 ta, Buyuk Britaniyadan 2 ta kompaniya mavjud. Röyxatdagi Xitoy firmalari soni yil davomida 1 tadan 6 taga kötarildi. Turkiya 5 ta korxonaga ega. Bundan taşqari, Belarusning ikkita kompaniyasi reytingga kiritildi.













