Ukraina qurolli kuçlari Rossiya hududiga yana diversiya guruhlari taşlab, yangi uçastkadan hujum qilişga hozirlanmoqda. Rabotine yaqinidagi yorib kiriş hozirça uddalangani yöq. Rossiya Ukrainani havo orqali raketa zarbalari berişdan töxtatib qolgan bölişi mumkin. «Vagner» XHK tiklanmoqda, Ramzan Qodirov esa yangi topşiriqlar oldi.

Ukrainalik askar granatomyotdan öt oçmoqda. Foto: Ukraina qurolli kuçlari

Germaniyaning Bremen universiteti qoşidagi Şarqiy Yevropani örganiş markazi ilmiy xodimi Nikolay Mitroxin Ukraina frontida sönggi hafta içida sodir bölgan voqealarni tahlil qilib çiqdi.

Frontda yangi jang uçastkalari paydo bölmoqda

Umuman olganda, hafta içida front çiziği juz’iy özgarişga uçramadi, biroq unda ikkita yangi qizğin jang uçastkasi paydo böldi. Hafta örtasida mamlakat şimolida — RFning Belgorod, Bryansk va Kursk oblastlari çegarasida ukrainlarning diversiya va şturm guruhlari faollaşgani ma’lum böldi. U yerda 50 kişilik diversiya guruhlari Rossiya içkarisiga kirişga ham muvaffaq bölişgan. Endi sentabr oyi örtalarida ukrainlarning Bryansk va Kurskdagi nişonlarga pilotsiz uçar qurilmalar bilan hujum qilgani bejiz ketmagani oydinlaşdi. Ukraina QK ötgan haftada dronlar bilan Rossiyaning çegaradoş hududlaridagi transformator nimstansiyalariga hujum qilib, ularni toksiz va aloqasiz qoldirgan edi.

Rossiya tomoni ma’lumotlariga köra, Ukraina QK Gulyaypoledan janubroqda — Tokmak yönalişidagi Orixiv va Velika Novosilka şturm uçastkalaridan janubda guruh töplamoqda. Agar qarşi hujum şu yerdan boşlansa, u eng avvalo Tokmak tomon yorib borayotgan guruhga yordam berişi kerak böladi. Bu Ukraina QK rahbariyati tomonidan tanlangan va boşi berk köçaga kirib qolgan hujum yönalişi şaroitida yagona töğri qaror böladi.

Orixivdan janubda joylaşgan va Tokmakka yöl oçiş uçun urinilayotgan Rabotinedan olingan videodan körinib turibdiki, daraxtlarsiz yaydoq tekislikda Ukrainaning önlab zirhli texnikalari töplanib, depsinib qolgan, ular uzoq masofadan turib Rossiya artilleriyasi, vertolyotlari va tankka qarşi raketa qurilmalari tomonidan bemalol öqqa tutilmoqda. Ukraina QK bir neça urinişlardan söng Rabotinedan janubi-şarqda joylaşgan, kelgusi ilgarilaşlarni ta’minlovçi tepalikni qölga kirita olmagan. Ukraina qöşinlari kengligi 3, uzunligi 10 km bölgan «yeng» yoki «qozon»ga qamalib qolgan va uç tomondan öqqa tutilmoqda.